TOSHKENT, 6 may – Sputnik. Qozogʻistonning Turkiston viloyatida xatolik tufayli havo trevogasi eʼlon qilindi. Turkiston akimligi trevoga eʼlon qilgan mutasaddilarning barchasi jazolanadi, degan bayonot bilan chiqdi va aholidan uzr soʻradi.
Shaharning 32ta joyida joylashgan ovoz trevogasi orqali: "havo trevogasi" eʼlon qilingan, oqibatda aholi orasida tushunmovchilik yuz bergan", - deyiladi akimlik xabarida.
Ovoz uzaytirgichlar orqali kunda koronavirus profilaktikasi boʻyicha maʼlumotlar berib borilgan, deya tushuntirdi shahar maʼmuriyati.
"Biz nima roʻy berganini tushunmadik", "Sirdaryodan suv kelyapti, deb oʻylab qoʻrqib ketdik", "Ertalab eshitishimiz bilan, qoʻrqib ketdik", deb yozib qoldirgan Instagram foydalanuvchilari.
"Texnik holat munosabati bilan aybdorlar javobgarlikka tortiladi. Shahar aholisidan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz", - deb qoʻshimcha qilgan akimlik.