16:46 26 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1283)
393 0 0

Oʻtgan hafta Amerika yetakchisi virusning sunʼiy ravishda kelib chiqishiga ishonchi komil ekanini maʼlum qilgan edi.

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Amerika hukumati koronavirus kelib chiqishiga oid surishtiruv ishlari natijalarini eʼlon qilmoqchi.

“Biz muayyan vaqt ichida bu haqda xabar qilamiz”, - deya Amerika prezidenti Donald Tramp soʻzlaridan keltirgan RT.

Oʻtgan hafta Amerika yetakchisi virusning sunʼiy ravishda kelib chiqishiga ishonchi komil ekanini maʼlum qilgan edi. Trampning soʻzlariga koʻra, AQSH COVID-19ning Uxan laboratoriyasida paydo boʻlgani haqidagi versiyani koʻrib chiqmoqda. AQSH rahbari agar bu tasdiqlansa, Pekinga buning oqibatlari haqida tahdid qilgan edi.

Xitoy hukumati epidemiya boshlanishining ilk kunidan boshlab bu masalaga ochiq va masʼuliyat bilan yondashganini taʼkidlagan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Amerikaning koronavirus kelish chiqishi haqidagi versiyasini oʻz manfaati uchun foydalanish deb atadi, zero Vashington hech qanday dalil taqdim etmagan.

Xitoyning Uxan shahridan tarqalgan koronavirus pandemiyasi dunyoning deyarli barcha mamlakatlarini qamrab oldi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, koronavirus yuqtirib olganlar soni 3,5 millionga yetgan, 240 mingga yaqin kishi vafot etgan.

Eng koʻp kasallanganlar AQShda qayd etilgan. U yerda bir milliondan ortiq kishi COVID-19 bilan kasallangan. Jons Hopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, AQShda 70 mingga yaqin kishi ushbu kasallik qurboni boʻlgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1283)

Asosiy mavzular