13:25 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
358 0 0

Mahkamadagilarning Kim Chen Inning yurak bilan bogʻliq jarrohlik muolajalari yoki operatsiyalar amalga oshirilmaganiga ishonchi komil. Rrazvedka maʼlumotlariga koʻra, agar shunday boʻlgan taqdirda KXDR rahbarining sogʻligʻi holati 4-5 hafta davomida kuzatilishi kerak boʻlar edi.

TOSHKENT, 6 may - Sputnik. Janubiy Koreya Davlat razvedka xizmati KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uzoq vaqt koʻrinmagani, ichki ishlarni tartibga solish zaruriyati, shuningdek epidemiologik vaziyat bilan bogʻliq deb hisoblaydi.

"(Razvedka) fikriga koʻra, rais Kim ichki kadrlar almashinuvi, partiyaviy masalalar va harbiy kuchni kuchaytirish muammolari boʻyicha shaxsiy uchrashuvlar oʻtkazish bilan mashgʻul boʻlgan. Shuningdek, yangi koronavirus infektsiyasi vaziyati ham taʼsir qildi, shuning uchun ommadagi faoliyati keskin qisqartirildi", - bu haqda Parlamentning razvedka boʻyicha qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Kim Ben Gi deputatlar oldida qilgan chiqishida aytdi, uning soʻzlariga Renhap agentligi iqtibos keltirmoqda.

Razvedka shuningdek, Shimoliy Koreya yetakchisining jamoatchilik oldida minimal chiqishi (17 marta) sogʻligʻining jiddiy muammolari haqida dalolat boʻlmaydi deb hisoblaydi.

Mahkamadagilarning Kim Chen Inning yurak bilan bogʻliq jarrohlik muolajalari yoki operatsiyalar amalga oshirilmaganiga ishonchi komil. Rrazvedka maʼlumotlariga koʻra, agar shunday boʻlgan taqdirda KXDR rahbarining sogʻligʻi holati 4-5 hafta davomida kuzatilishi kerak boʻlar edi.

Shuningdek notiq, Davlat razvedka xizmatiga koʻra, yaqinda Shimoliy Koreya yetakchisi koronavirus bilan kurashishi uchun epidemiyaga qarshi choralarni kuchaytirish, narxlarning koʻtarilishini oldini olish va harbiylarning ruhini koʻtarish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga koʻrsatmalar berganini taʼkidladi.

Shuningdek, Janubiy Koreya razvedkasi KXDRning COVID-19 infektsiyasiga chalinish holatlari yoʻqligi haqidagi bayonotlariga qaramay, ular mavjudligini istisno qilmaydi.

"Rais Kim yigirma kun davomida qoʻrinmaganidan keyin, oʻzining ommaviy faoliyatini Sunchxon fosforli oʻgʻitlar zavodi ochilish marosimida ishtirok etishdan boshladi, uning qurilishini shu yil boshida boshqarib keldi. Bu bilan Kim Chen In mamlakatdagi oziq-ovqat muammolarini hal qilinganligi haqida signal berish istagi borligi, shunindek mamlakatni oʻz kuchlari bilan mustaqil ravishda qayta tiklashga erishish qobiliyatiga ishonchini namoyish etishini koʻrsatmoqda", - dedi deputat.

2 may kuni Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalari mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning 20 kun ichida birinchi marta ommaga chiqishi haqida xabar berdi. Uning yoʻqligi mobaynida gʻarbiy, Janubiy Koreya va Yaponiya ommaviy axborot vositalarida sogʻligining jiddiy muammolari yoki hatto uning oʻlimi haqida mish-mishlar tarqaldi. Sunchxon oʻgʻitlar zavodining ochilish marosimidan olingan fotosuratlar va videolarda Kim Chen In hursand va sogʻlom koʻrinishda boʻlib, amaldorlar bilan suhbat chogʻida tabassum bilan ishoralar qildi. Shuningdek, u tantanali lentani qirqdi.

Oldinroq Sputnik  radiosi Kim Chen In Gʻalabaning yubileyi munosabati bilan Rossiya medali bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edi.

Asosiy mavzular