11:07 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
493 0 0

Moskvada tasdiqlangan koronavirus holati 85 975 taga yetdi. Bu butun Xitoy boʻylab aniqlangan holatlarga qaraganda 2000 tadan ziyod.

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Soʻnggi sutka ichida Rossiya poytaxtida koronavirus bilan bogʻliq 5858 ta holat aniqlandi. Moskvada hozirga kelib jami 85 973 ta holat qayd etilgan, deya xabar qilmoqda shahar tezkor shtabi.

Taʼkidlanishicha, Moskvada 8458 kishi koronavirusdan toʻliq tuzalgan. 866 ta oʻlim holati kuzatilgan.

Qayd etish joizki, Moskvada aniqlangan holatlar Xitoydagi qaraganda 2000 tadan ziyod.

Jon Hopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, Xitoyda koronavirus bilan bogʻliq jami 83 968 ta holat aniqlangan. Kasallangan 78 870 nafar bemor tuzalib ketgan. Oʻlganlar 4637 kishini tashkil etmoqda.

Rossiyada jami 165 929 ta koronavirus holati aniqlangan. Shulardan 21 327 nafari tuzalib ketgan. 1537 kishi esa vafot etgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular