12:10 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
201 0 0

Belarus TIVi Rossiyaning "Birinchi kanali"nining ikki nafar jurnalistini akkreditatsiyadan mahrum qildi.

TOSHKENT, 7 may - Sputnik. Belarus Rossiyaning "Birinchi kanali"ning akkreditatsiyasini bekor qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. 

Belorussiya TIV Rossiyaning Minskdagi elchixonasini "Birinchi kanal"ning ikki nafar jurnalistlarini akkreditatsiyadan mahrum qilingani haqida rasman xabar bergan. 

Biroz oldin Rossiya telekanali Belarusda COVID-19ga bagʻishlangan syujet suratga olgan edi. Unda Belarus respublikasida koronavirusga chalinganlar aslida juda koʻp ekanini va haqiqiy statistika ochiqlanmayotganini va qariyalar juda koʻp vafot etayotgani aytib oʻtilgan edi.  

Eslatib oʻtamiz, Belarusda koronavirus epidemiyasi tufayli karantin yoki boshqa cheklovlar joriy etilmagan, sport musobaqalari va boshqa ommaviy tadyubirlar bekor qilinmagan. Bugungi kun holatiga Belorusda 19 mingdan ortiq kishi COVID-19 infektsiyasi yuqtirgan. Vafot etganlar soni 112 kishinia tashkil qilgan.   

 

Asosiy mavzular