03:24 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (50)
241 0 0

Gʻalaba eʼlon qilingan 1945 yilda dunyo xaloskor-jangchilarga tasannolar aytib, samimiyat bilan qaragan edi. Bizning umumiy burchimiz - oʻsha voqealar haqida tarixiy haqiqatni saqlash va qatʼiy himoya qilish, deyiladi bayonotda

TOSHKENT, 8 may - Sputnik. Vashingtondagi MDH mamlakatlari elchilari Gʻalaba kuniga bagʻishlab qoʻshma bayonot qabul qildilar.

Bayonotni AQShdagi Rossiya elchisi Anatoliy Antonov, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston, shuningdek, Turkmaniston elchilari imzolaganlar.

"Yetmish besh yil avval Birlashgan millatlar vakillari dunyoni xavfli xatar - natsizm balosidan qutqardilar. SSSR xalqlari misli koʻrilmagan qahramonlik ila qarshilik koʻrsatib, Ulugʻ Vatan urushida nafaqat dushmanga qarshi olishuvda oxirigacha tik turdilar, balki, fido etilgan oʻnlab million umrlar evaziga kelajak avlodlar uchun tinch kelajakni taʼminlab berdilar", - deyiladi elchilarning qoʻshma bayonotida.

"Gʻalaba eʼlon qilingan 1945 yilda dunyo xaloskor-jangchilarga tasannolar aytib, samimiyat bilan qaragan edi. Bizning umumiy burchimiz - oʻsha voqealar haqida tarixiy haqiqatni saqlash va qatʼiy himoya qilish, mustaqillik va qullikdan qutqarish, butun boshli mamlakatlar va xalqlarni yoʻq boʻlib ketishdan saqlash, inson qadr-qimmatini hurmat qilish, ozodlik va tenglik ideallari gʻalaba qozonishi uchun jon fido qilganlarga hurmat bajo keltirish va Ikkinchi jahon urushi saboqlari va qurbonlari haqida avloddan-avlodga yetkazishdir" - deyiladi bayonotda.

Diplomatlar shu kunlarda sovet va amerika armiyalarining jon fido etgan askarlari, front orti faxriylarini yod etishayotganini qoʻshimcha qildilar. "Ular XXI asrda ham biz uchun fidoyilik, oliy maqsad uchun quroldosh birodarlik va hamkorlik namunasi boʻlib qoladilar", - deb qayd etgan elchilar.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (50)

Asosiy mavzular