23:50 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
140210

Adolf Gitler oʻzining dasturiy kitobida yahudiylardan ham avval SSSR xalqlarini yoʻq qilishni yoki qul qilishni rejalashtirgan deydi nemis diplomati.

TOSHKENT, 8 may - Sputnik. Adolf Gitlerning genotsid boʻyicha dasturi asosan yahudiy millatiga mansub boʻlmagan SSSR xalqlariga tegishli boʻlgan, dedi Bruno Malov, nemis diplomati, Germaniya Sotsialistik Birlik Partiyasi (SEPG) markaziy qoʻmitasining xalqaro boʻlim boshligʻi va Germaniyadagi "LINKE" chap qanotli partiyasi fahriylar kengashi aʼzosi RIA Novosti bilan suhbatda.

"Gitlerning dasturiy kitobida ... halqlarni yoʻq qilish - genotsidi boʻyicha dasturi boʻlgan. Va bu dastur nafaqat yahudiy millatiga mansub kishilarga, balki, avvalo, yoʻq qilinishi yoki qul qilinishi rejalashtirilgan SSSR xalqlariga ham tegishli boʻlgan",- deya tushuntirdi diplomat.

Tinchlik uchun harakat va Sovet Ittifoqi bilan doʻstlikning ahamiyati yorqin ifodalangan GDRdan farqli oʻlaroq, sobiq Gʻarbiy Germaniyada millatchi-sotsializm tajribasini tarixiy anglash  va sobiq fashist jinoyatchilarining keng qamrovli fosh etilishi boʻlmagan, deb hisoblaydi Malov. Uning soʻzlariga koʻra, "koʻpchilik vermaxt safida boʻlib, SSSRga qarshi kurashgadan uyatda boʻlgan".

Malov, shuningdek, nemislarning yosh avlodi "ularga hech qanday aloqasi yoʻq" deb izohlab, bu mavzuni muhokama qilishni nihoyasiga yetkazish vaqti keldi va bu juda uzoq vaqt oldin boʻlgan deb hisoblashadi.

"Men bunga har doim shunday deyman: boʻlgan ishlar uchun siz javobgar emassiz, lekin siz, shu jumladan bu takrorlanmasligi uchun, tarixni bilishingizga  javobgarsiz", - deb tushuntiradi Bruno Malov.

Diplomat shuningdek jurnalistlarning iltimosiga koʻra Germaniya poytaxtida natsistlar qoʻshinlari taslim boʻlganining 75 yilligi sharafiga 2 may kuni Berlinda Ukrainaning Germaniyadagi elchisining u bilan gul qoʻyishidan voz kechganligiga izoh berdi.

Malovning soʻzlariga koʻra, "Gʻalaba bayramini nishonlash hech qanday siyosiy vaziyatga bogʻliq boʻlishi mumkin emas" va "2013 yilda Ukrainada boshlangan inqiroz, Berlinni, keyin Germaniyani, Yevropani va umuman butun dunyoni fashizmdan ozod qilgan Sovet jangchilarining buyuk jasoratiga hech qanday aloqasi yoʻq".

Avvalroq Sputnik radiosi tarixchi Gitlerni 1945 yil may oyida qutqarib qolinganligi haqidagi nazariyani rad etgani haqida xabar bergan edi.

Asosiy mavzular