02:55 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
83730

Video qahramonlari Qozogʻiston janubidagi Maqtaaral tumanida toshqindan zarar koʻrgan aholi uchun kiyim-kechak yuborishgan ekan.

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Qozogʻistonlik ayol bilmasdan pul yashiringan kurtkani muhtojlarga berib yubordi.

Ayni vaqtda insonparvarlik yordami sifatida yuborilgan kiyimlar orasida odamlar pul izlashi aks etgan video internetda tez ommalashmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, ayol erining kiyimlarini yigʻib, Turkiston viloyatidagi toshqindan zarar koʻrgan odamlarga berib yubordi. Ular orasida kurtka boʻlgan, oila boshligʻi unda pul saqlagan ekan.

Yuk joʻnatilgandan keyin, er-xotin kurtkada “zanachka” yashiringani esiga tushadi.   

Ular zudlik bilan orqasidan mashina yuborishdi. Pul topildi va egasiga 3100 dollar qaytarildi.

Turkiston viloyatidagi toshqin

Sardoba suv omborida 1 may kuni toʻgʻon yorilishi natijasida Qozogʻiston janubidagi Turkiston viloyatining Maqtaaral tumanidagi aholi punktlari suv ostida qoldi.

Bu hududda texnogen favqulodda holat eʼlon qilindi. Qozogʻiston janubida 7 639 gektar ekin maydonlari suv ostida qolgan, uning katta qismi paxta bilan ekilgan edi. Shuningdek, 2 maydan beri 31 606 kishi evakuatsiya qilinganligi qayd etildi.

Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev taʼkidlashicha, toshqindan zarar koʻrgan fuqarolar uchun 1000 dan ortiq uylar quriladi. Davlat komissiyasi toshqindan jabr koʻrgan har bir qishloq aholisiga 100 ming tangadan toʻlashga qaror qildi.

Jabrlanganlarga Qozogʻistonning boshqa viloyat rasmiylari, ishbilarmonlar va xayriyachilar ham moddiy yordam koʻrsatmoqda.

Asosiy mavzular