14:21 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
800 0 0

Taʼkidlanishicha, uzoq vaqt davomida Uxanda kasallanish holati qayd etilmagan edi. Yangi bemor ahvoli ogʻir ekani aytilmoqda.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Dunyoda COVID-19 tarqalishi markazi boʻlgan Xitoyning Uxan shahrida koronavirus bilan kasallanishning yangi holati tasdiqlandi. Bu haqda RIA Novosti Xubey provintsiyasi sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha qoʻmitasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, uzoq vaqt davomida Uxanda kasallanish holati qayd etilmagan edi. Yangi bemor ogʻir ahvolda.

Bundan tashqari, oʻtgan sutkada Xubey provintsiyasida 17 ta alomatsiz koronavirus tashuvchilari aniqlangan.

Hozirda butun Xubey provintsiyasi boʻylab shifokorlar nazorati ostida 616 nafar alomatsiz virus tashuvchilari qolmoqda.

Epidemiya davomida Xubeyda 68 129 ta kasallanish (Uxanda – 50 334 ta) holati aniqlangan, 63 616 kishi (Uxanda – 46 464) tuzalgan, 4 513 ta (Uxanda – 3 869) oʻlim holati qayd etilgan.

2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismidagi Uxan shahrida (Xubey provintsiyasi) kelib chiqishi nomaʼlum pnevmoniya kasalligi avj olgani haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qoʻzgʻatuvchisi yangi koronavirus ekanligini aniqladilar, keyinchalik u COVID-19 deb nomlandi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoning 188 davlatida koronavirus bilan bogʻliq 4,1 milliondan ziyod holat etilgan. Shulardan qariyb 1,5 million kishi tuzalib ketgan. 280 mingdan ziyod kishi esa virus qurboniga aylangan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular