Ilon Mask AQSh sobiq mehnat vazirini ruscha haqorat qildi

© AP Photo/Ringo H.W. ChiuInjener, predprinimatel, izobretatel i investor Ilon Mask
Injener, predprinimatel, izobretatel i investor Ilon Mask - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari AQSh sobiq mehnat vaziri Robert Rayxni rus tilida ahmoq (idiot) deb atadi.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask AQSh sobiq mehnat vaziri Robert Rayxni rus tilida ahmoq (idiot) deb atadi.

Amerikalik tadbirkor Robert Rayxning koronavirus pandemiyasi davrida Maskni ishchilarining sog‘lig‘i qiziqtirmasligi haqidagi bayonotiga shunday munosabat bildirgan.

“Ilon Mask odamlarni ishdan mahrum qilish bilan tahdid qilmoqda, agar unga ularning sog‘lig‘ini xatarga qo‘yishga imkon berishmasa. Kapitalizm uning eng yomon ko‘rinishida”, - deya yozgan Rayx Twitterʼda.

“Idiot (ahmoq)”, - deya ruscha javob qaytargan amerikalik ishbilarmon. Keyinroq Mask Rayxni “zerikarli ahmoq” deb atamoqchi bo‘lganiga aniqlik kiritgan.

​Gap Maskning Tesla kompaniyasi shtab-kvartirasini AQShdagi koronavirus pandemiyasi tufayli joriy qilingan keskin choralar Kaliforniya shtatidan ko‘chirishi haqida bormoqda. Tesla zavodi joylashgan Alameda okrugida o‘zini o‘zi yakkalash rejimi may oxiriga qadar uzaytirilgan. Zavod koronavirus tarqalishi tahdidi tufayli 23-mart kuni vaqtinchalik yopilgan edi.

Avvalroq Mask yangi koronavirus tufayli AQShning katta qismida joriy etilgan choralar juda keskin va inson huquqlarini buzishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0