04:07 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
993 0 0

Yer shari orbitasida boʻlgan, Rossiya kosmik apparatining yonilgʻi baki favqulodda vaziyat tufayli portlab ketgan.

TOSHKENT, 10 maya — Sputnik. "Roskosmos" oʻz kosmik apparati bilan koinotda yuz bergan favqulodda holatga izoh berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Maʼlum boʻlishicha "Fregat-SB" nomli tezlashtirish blokining yonilgʻi baklari 8 may kuni ertalab soat 08:00 dan 09:00 oraligʻida Hind okeani akvatoriyasida portlab ketgan.

Favqulodda vaziyat yuz bergan vaqtda tezlashtirish bloki Yer sharining elliptik orbitasida boʻlgan. Uning orbitasi eng baland nuqtasi 3606 km va eng past nuqtasi 422 km masofani tashkil qilgan. Ayni damda mutaxassislar apparatning parchalanib ketgan boʻlaklari sonini va ularning orbitasini aniqlashtirmoqdalar, deyilgan muassasa xabarida. 

Rossiya kosmik apparatining yonilgʻi baklari portlashi haqida dastlab amerika harbiylari xabar qilishgan edi. Ular aytishiga qaraganda portlash natijasida koinotda 65ta boʻlak paydo boʻlgan.

Rossiyaning koinotda xavfli vaziyatlar paydo boʻlayotgani haqida xabar qiluvchi tizimi ham "Fregat-SB"ning yonilgʻi baklari portlab ketganini qayd etgan. 

"Fregat-SB" tezlashtirish bloki 2011 yilda "Spektr-R" nomli astrofizik teleskopni ishga tushirishda foydalanilgan edi. "Spektr-R" - Rossiya va Germaniya hamkorligida ishga tushirilgan orbital astrofizik radioteleskopdir. Diametri 10 metr boʻlgan antennaga yordamida radioteleskop koinotni chuqurroq oʻrganish imkonini beradi. 2019 yilning boshida radioteleskopning boshqarish tizimida muammolar aniqlangan edi. 

 

Asosiy mavzular