20:10 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
394 0 0

Siyosatshunos, Rossiya zamonaviy Afgʻonistonni oʻrganish markazi yetakchi mutahassisi Andrey Sorenko, nega aynan endi, prezidentlik saylovlaridan yarim yil oʻtgach, Abdulla Abdulla Ashraf Gʻani bilan kelishishga qaror qilganini tushuntirib berdi.

Ekspertning soʻzlariga koʻra, afgʻon siyosatida maʼlum bir anʼana bor - saylov gʻolibi bilan savdolashish.

Siyosatshunos taʼkidlashicha, hech bir afgʻon siyosatchisi keyinchalik savdolashish uchun saylovlarda magʻlubiyatni hech qachon qabul qilmagan.

"(Ashraf - tahr.) Gʻani birinchi bosqichda gʻalaba qozonishi maʼlum boʻlganda, Abdulla Abdulla ushbu saylovni baʼzi siyosiy, balki nafaqat siyosiy imtiyozlar borasida Gʻani bilan savdolashishi uchun tan olmasligi aniq edi". - dedi Sputnik Tojikistonga, siyosatshunos, Rossiya zamonaviy Afgʻonistonni oʻrganish markazining yetakchi mutaxassisi Andrey Serenko.

Uning soʻzlariga koʻra, savdolashish cheksiz vaqt davom eta olmaydi, chunki Abdullaning maʼmuriyatida minglab odamlar ishlaydi, ular orasida uning koʻplab qarindoshlari, obroʻli odamlar. Albatta, siyosatchi ularni shunchaki koʻchada qoldirib qoʻya olmasdi.

"Faqat bittasi ayon: birinchi navbatda, bu doktor Ashfar Gʻanini Afgʻoniston Prezidenti sifatida Abdulla Abdulla tomonidan tan olinishi. Va shu bilan, u olti oy davomida tan olmagan saylov natijalarini tan olishi kerak boʻladi. Savdolashishni cheksiz vaqt davom ettirib boʻlmaydi. Qachondir biror toʻhtamga rozi boʻlish kerak", - deya qoʻshimcha qildi Serenko.

Siyosatshunosning soʻzlariga koʻra, AQSH, NATO, Yevropa Ittifoqi, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar vakillari Gʻani va Abdulla Abdullaga juda qattiq bosim oʻtkazgan.

Batafsil maʼlumotlarni Sputnik Tojikiston podkastida tinglang.

Andrey Serenko prokommentiroval resheniye proigravshego Abdullы priznat pobedu Gani

Asosiy mavzular