20:36 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (890)
203 0 0

Rossiya bosh vazir oʻrinbosari Tatyana Golikovaning soʻzlariga koʻra, Rossiyada koronavirusdan oʻlim holatlari boʻyicha dunyo umumiy koʻrsatkichiga qaraganda 7,4 baravar past.

TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Rossiyada koronavirusdan oʻlim holatlari boʻyicha dunyo umumiy koʻrsatkichiga qaraganda 7,4 baravar past. Bu haqda bosh vazir oʻrinbosari Tatyana Golikova sanitariya-epidemiologik vaziyat masalasi boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda maʼlum qildi.

"Shuni taʼkidlashni istardimki, yuqtirganlar tarkibidagi pnevmoniya ulushining 25 foizdan 20,6 foizga pasaydi, kasallik kunidan kasalxonaga yotqizilish davrini deyarli toʻqqiz baravarga qisqardi, bu oʻsish surʼati  aytganimdek, 2,6 marta - oʻlim darajasining past boʻlishiga imkon berdi ", - dedi u.

Golikovaning soʻzlariga koʻra, biroq bundan tinchlanish kerak emas: kasal boʻlish darajasi ham pasayishi uchun harakat qilish kerak. Bundan tashqari, koronavirusning tarqalishi sababli joriy etilgan cheklovlarga qatʼiy rioya qilish - cheklov rejimidan tezroq chiqib ketish kafolati boʻladi.

Koronavirus pandemiyasi

COVID-19 kasalligini qoʻzgʻatuvchi SARS-CoV-2 koronavirusi 187 ta davlatga kirib bordi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 3,9 million ziyod kishi yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirib oldi, 274 ming kishi vafot etdi.

Jons Xopkins (AQSH) universiteti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus tasdiqlangan holatlar soni 4,1 milliondan oshdi, 282 728 bemor vafot etdi, 1,4 million kishi sogʻaydi. AQSH yuqtirib olganlar va vafot etganlar soni boʻyicha birinchi oʻrinda qolmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (890)

Asosiy mavzular