Dunyo okeani sathi keskin ko‘tarilishi mumkin

© AFP 2023 / Jonathan NackstrandAysberg okolo goroda Kulusuk v Grenlandii
Aysberg okolo goroda Kulusuk v Grenlandii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro olimlar jamoasi fikriga ko‘ra, Arktika va Grenlandiya muzliklarining erishi natijasida Dunyo okeani sathi sezilarli darajada oshadi.

TOShKENT, 12-may - Sputnik. Singapurdagi Nanyang Texnologik Universiteti tadqiqotchilari boshchiligidagi xalqaro olimlar jamoasi bu asrda dengiz sathining ko‘tarilishi ilgarigi tahminlardan kuchliroq bo‘lishini aniqladi. Ularning hulosalari Climate and Atmospheric Science jurnalida chop etildi.

Yuzdan ortiq ilmiy nashrlarning yetakchi mualliflarining iltimoslariga binoan ular Dunyo okeani sathining ko‘tarilishiga baho berdilar. Tadqiqotchilar, shuningdek, ushbu mavzu bo‘yicha mingdan ortiq maqolalarni tahlil qilishdi.

Eng yomon va kutilgan ssenariy bo‘yicha, dengiz sathi bu asrning oxiriga qadar 1,3 metrga ko‘tariladi, yana 200-yildan keyin esa bu ko‘rsatkich dastlabkisidan 5,6 metr balandlikda bo‘ladi.

Olimlarning fikricha, Arktika va Grenlandiya muzliklarining erishi natijasida Dunyo okeani sathi sezilarli darajada oshadi. Parnik gazlari chiqishining kamayishi ushbu jarayonning sekinlashtirishi mumkin.

Avvalroq Butunjahon meteorologiya tashkiloti sayyoramizdagi o‘rtacha harorat 2020-2024 yillarda rekord ko‘rsatkichlarga yetishi mumkinligini aytgan.

Yangiliklar lentasi
0