11:20 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
99910

Moskva meriyasi 12 maydan boshlab koʻchada va jamoat transportida niqob va qoʻlqop taqish majburiy talabini joriy etdi.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Moskva metrosida oʻzbek, qirgʻiz va tojik tillarida eʼlonlar paydo boʻldi.

“12 maydan boshlab Moskva metrosida va Markaziy aylanasida niqob va qoʻlqop kiyish shart. Ularni oldindan sotib oling. Xavfsizlik talablarini buzish jarima bilan jazolanadi” – deb yozilgan.

Metro foydalanuvchilari yangi qoidalarini buzganlik uchun jarimaga tortilishi haqida ogohlantirildi.

V moskovskom metropolitene poyavilis obʼyavleniya na uzbekskom yazыke
V moskovskom metropolitene poyavilis obʼyavleniya na uzbekskom yazыke

Eslatib oʻtamiz, koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida Moskva meriyasi tomonidan 12 maydan boshlab koʻchada va jamoat transportida niqob va qoʻlqop taqish majburiy talabini joriy etdi.

Moskvada bir sutka davomida 5392 yangi koronavirus holati aniqlandi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, poytaxtda koronavirusning 121 301 holati qayd etildi. COVID-19  yangi holatlarining 80% dan ortigʻi 65 yoshgacha boʻlgan odamlarda aniqlangan.

Asosiy mavzular