01:16 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
291 0 0

Qonun loyihasi AQSH prezidentiga Xitoy kasallikning avj olishi haqida toʻliq hisobot taqdim etmasa, sanktsiyalar joriy etishni taklif etadi.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. AQSH senatori Lindsi Grem senatga COVID-19 tufayli Xitoyga qarshi santskiyalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritganini maʼlum qildi.  

“COVID-19 uchun javobgarlik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi AQSH prezidentiga Xitoy kasallikning avj olishi haqida toʻliq hisobot taqdim etmasa, sanktsiyalar joriy etishni taklif etadi.

“Ishonchim komilki, Xitoy Kommunistik partiyasi yolgʻonisiz virus bu yerda, AQShda boʻlmagan boʻlar edi”, - degan Lindsi Grem.

Uning soʻzlariga koʻra, Xitoy xalqaro hamjamiyatga koronavirus tarqalishi boshlangan Uxandagi laboratoriyada surishtiruv olib borishni rad qilmoqda.

“Ishonchim komilki, Xitoy hech qachon, toki uni majbur qilishmasa, jiddiy surishtiruv doirasida hamkorlik qilmaydi”, - deya qoʻshimcha qilgan senator.

Qonun loyihasini yana sakkiz nafar respublikachi senator qoʻllab-quvvatlagan.

Ushbu qonun loyihasi matniga koʻra, ikki oy ichida kongress quyidagilar tasdigʻini olishi kerak:

- Xitoy pandemiya boshlanishiga oid toʻliq hisobotni taqdim etgan;

- virus yovvoyi hayvonlardan odamlarga oʻtgan boʻlishi mumkin boʻlgan barcha bozorlarni yopgan;

- koronavirus tarqalishidan soʻng qoʻlga olingan Gongong faollanini ozod qilgan.

Ushbu maʼlumotlar tasdigʻisiz AQSH prezidenti sankitsiya joriy etish vakolatiga ega boʻladi. Ular aktivlarni muzlatib qoʻyish, kirishni taqiqlash, vizalarni bekor qilish, Amerika moliya tashkilotlariga Xitoy korxonalariga kredit berishini taqiqlashni oʻz ichiga olishi mumkin.

Xitoy koronavirus bilan bogʻliq AQShning barcha ayblovlarini rad etib kelmoqda.

Asosiy mavzular