20:40 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (890)
273 0 0

Rossiyada “Aventa” oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya qilish apparatlaridan foydalanish vaqtincha toʻxtatildi. Bu apparatlar xavfsizlik talablariga javob berishi yuzasidan tekshiruv boshlandi.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Roszdravnadzor idorasi 1 apreldan boshlab Ural qurilmalar ishlab chiqarish zavodida ishlab chiqarilgan “Aventa-M” oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya qilish apparatlaridan foydalanishni vaqtincha toʻxtatdi.

Bu OʻSVQ apparatlarida Moskvadagi Spasokukotskiy nomidagi shahar shifoxonasi va Sankt-Peterburg avliyo Georgiy nomidagi shifoxonada foydalanilgan. Bu shifoxonalarda 9 va 12 may kunlari yongʻin yuz bergan. Birinchi holatda bir bemor, ikkinchi holatda besh bemor halok boʻldi. Shundan soʻng, Rossiya sogʻliqni saqlash sohasida nazorat qiluvchi idora tomonidan ushbu apparatlarni xavfsizligini tekshirishga qaror qildi.

Ural qurilmalar ishlab chiqarish zavodi mutaxassislari ham tekshiruvini oʻtkazadi.

KRET kontserni maʼlum qilishicha, “Aventa” brendi ostidagi qurilmalar kasalxonalarga 2012 yildan beri yetkazib berilmoqda, ular sinovdan oʻtgan va ularning xavfsizligi yuzasidan shikoyatlar boʻlmagan.

Bundan tashqari, Rossiya AQShga “Aventa-M” apparatlarining partiyasini yubordi. Ular tanqislik boʻlgan vaqtda Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlaridagi omborxonalar qabul qildi. Biroq, koronavirus bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashgandan soʻng, qurilmalardan foydalanilmadi, endi ular omborxonalardan hisobdan chiqarilmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (890)

Asosiy mavzular