Koronavirus yana bir davlatga kirib bordi

© Sputnik / Dubrovskiy / Mediabankka o‘tishNa ulitsax goroda Maseru, stolisi Korolevstva Lesoto.
Na ulitsax goroda Maseru, stolisi Korolevstva Lesoto. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lesoto Afrika ittifoqiga kiruvchi 55 davlatdan COVID-19 bilan bog‘liq holat qayd etilgan 54 davlat bo‘ldi.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Afrika janubidagi Lesotoda koronavirus bilan bog‘liq birinchi holat aniqlandi. Bu haqda RIA Novosti mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’luotiga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Model na pokaze avstraliyskogo dizaynera Ten Pieces vo vremya Avstraliyskoy nedeli modi v Sidnee - Sputnik O‘zbekiston
Qaysi davlatlar “tojdor dushman” ustidan g‘alaba qozondi

Ma’lum qilinishicha, 9-may kuni Janubiy Afrika Respublikasi va Saudiya Arabistonidan mamlakatga kelgan 81 kishi koronavirusga test topshirgan. 12-may kuni olingan test natijalariga ko‘ra ulardan birining testi musbat chiqqan.

Bemor Yaqin Sharqdan ekanligi va unda kasallikning hech qanday alomati yo‘qligi aytilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Afrika mamlakatlarida koronavirus yuqtirib olganlar soni 69 126 nafarga yetgan. Shundan 2 386 nafari vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0