04:21 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
532 0 0

“Tolibon”* harakati Afgʻoniston hukumat harbiy boʻlinmalariga qarshi javob berishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. “Tolibon”* radikal harakati Afgʻoniston hukumat harbiy boʻlinmalariga qarshi javob berishga tayyor ekanligini maʼlum qildi. Bu haqda harakatning vakili Zabixullo Mujohid bayonotida aytilgan.

Bundan avval TOLO News telekanali Afgʻonistondagi ikkita teraktdan soʻng, prezident Ashraf Gʻani mamlakatning barcha xavfsizlik kuchlariga Tolibonga qarshi "hujumkor" kurash usuliga oʻtish haqida topshiriq bergandi.

"Bundan buyon zoʻravonlikning yanada kuchayishi va uning oqibatlari uchun javobgarlik Kobul maʼmuriyatining zimmasiga tushadi, chunki “Islomiy Amirlik” har qanday vaziyatga tayyor. “Islomiy Amirlik”ning harbiy kuchlari barcha dushman harakatlariga va hujumlariga qarshi turishga va oʻz odamlari va jabhalarini ishonchli himoya qilishga toʻliq tayyor," - dedi Mujohid oʻz bayonotida.

Shuningdek, u “Tolibon” ID* terrorchilari tomonidan Kobul va Nangarharda sodir etilgan hujumlarni keskin qoralashi va ID*ga qarshi koʻplab operatsiyalarni amalga oshirganini taʼkidladi.

"Biz oʻz maqsadimizga sodiqmiz va kelishuvga muvofiq choralar koʻrmoqdamiz. Ammo, afsuski, qarshi tomon (Afgʻoniston hukumati) oʻz majburiyatlarini bajara olmadi. Mahbuslar qoʻyib yuborilishi, ichki afgʻon muzokaralari boshlanishi kerak edi, ehtimol, vaziyat kuchli oʻzgarishi mumkin edi", - deya qoʻshimcha qildi u.

Seshanba kuni Afgʻonistonda ikkita terakt sodir etildi, oʻnlab odamlar halok boʻldi. Afgʻoniston poytaxti Kobul shahridagi kasalxonaga kirish qismi xudkush terrorchi portlash sodir etdi, shundan soʻng jangarilar kasalxona binosiga bostirib kelishdi. Tibbiy xodimlarning faqat bir qismi binoni tark etishga muvaffaq boʻlishdi. Kobuldagi shifoxonaga qilingan hujum oqibatida kamida 13 kishi oʻlgan, yana 15 kishi jarohatlangan.

Kasalxonaga qilingan hujumdan tashqari, Nangarhar viloyati tumanlaridan birining politsiyasi rahbarining dafn etish marosimida terakt sodir etildi. Viloyat gubernatorining vakili Atoll Xogiyani portlash oqibatida 24 kishi halok boʻlganini, 68 kishi yaralanganini aytdi.

Hujum uchun javobgarlikni ID* terrorchilik guruhi oʻz zimmasiga olgan.

Fevral oyining oxirida, Qatarda boʻlib oʻtgan tadbirda AQSH va “Tolibon”* 18 yildan ortiq davom etgan urushda birinchi tinchlik bitimini imzoladi. Bitimda 14 oy mobaynida chet el qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketish, mart oyida mahbuslar almashinuvi bitimidan soʻng afgʻonlararo muloqotni boshlash koʻzda tutildi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Asosiy mavzular