22:54 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
30801

Axborot agentliklari yozishicha, erkakning sogʻligʻi pnevmoniya fonida ogʻirlasha boshlagan: tromb hosil boʻlgan, gipertonik kriz esa insultga olib kelgan.

TOSHKENT, 14 may - Sputnik. Rossiyalik UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov insultni boshdan kechirdi va ayni damda koma holatida qolmoqda, deb xabar berdi "Match TV".

"Men Xabib bilan shu kunlarda muloqot qildim, uning aytishicha, Abdulmanap Nurmagomedovning ahvoli ogʻir. U Dogʻistonda boʻlganida men Xabibning otasi bilan suhbatda boʻlganman. U hammasi normal ekanligini aytgan edi. Lekin keyin negadir ahvoli ogʻirlashdi, uni Moskvaga olib borishga toʻgʻri keldi. Hozirda ahvoli ogʻir", — deb aytgan aralash jang jangchisi Islam Maxachev Instagram toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida.

OAVlarning yozishicha, erkakning sogʻligʻi pnevmoniya fonida ogʻirlasha boshlagan: tromb hosil boʻlgan, gipertonik kriz esa insultga olib kelgan.

Eslatib oʻtamiz, Abdulmanap Nurmagomedov 57 yoshda. U Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy va nafaqat oʻgʻli, balki bir qator mashhur rossiyalik UFC jangchilari bilan ishlaydi.

Asosiy mavzular