Braziliyada koronavirusni yengish uchun alkogol savdosini ta’qiqlashdi

© REUTERS / Pilar OlivaresDevushka na velosipede proyezjayet mimo plakata «Ne vixodi iz doma” na plyaje Ipanema v Rio-de-Janeyro, Braziliya
Devushka na velosipede proyezjayet mimo plakata «Ne vixodi iz doma” na plyaje Ipanema v Rio-de-Janeyro, Braziliya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Braziliyada 177 mingdan ziyod kishi koronavirusni yuqtirgan, qurbonlar soni 12 400 kishini tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 14-may - Sputnik. Braziliya shimolida joylashgan Piaui shtatida koronavirus tufayli alkogol savdosi cheklanmoqda. Shtat gubernatori Vellington Diasga ko‘ra, ushbu qaror mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun qabul qilingan, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Shpris s lekarstvom - Sputnik O‘zbekiston
Masnikov koronavirus haqidagi yangi afsonani yo‘qqa chiqardi

"Juma 15-may sanasidan yakshanba 17-may kunigacha alkogol ichimliklar savdosi hamda shaharlararo transport harakati ta’qiqlanadi", - deb ma’lum qilgan Dias Twitterda.

Gubernatorning ta’kidiga ko‘ra, ushbu choralar joriy etilishiga shtatdagi o‘z-o‘zini izolyatsiyalash darajasi o‘ta pastligi sabab bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, vaqtincha joriy etilgan "alkogol cheklochini nazarda tutuvchi qonun" tufayli fuqarolarda uyda qolish uchun ko‘proq motivatsiya paydo bo‘ladi va bu o‘laroq infeksiya tarqalishi xatari pasayadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 177 589 holat aniqlangan, 12 400 kishi vafot etgan. Piaui shtatida 1 612 kishi infeksiyaga chalingan, o‘lim holatlari 57tani tashkil qilmoqda.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya, deb e’lon qildi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida koronavirusga chalinganlar soni 4,1 milliondan oshgan, 287 mingdan ziyod kishi ushbu infeksiyadan vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0