14:41 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
241 0 0

Migrantlar orasida jinoyatlar soni 1,2 foizga kamaydi. Asosan qotillik, talonchilik, bosqinchilik va oʻgʻrilik jinoyatlari kamaydi.

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Rossiyada koronavirus pandemiyasi davrida migrantlar orasida jinoyatlar soni kamaydi, deb xabar qildi Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Shuningdek, koʻcha jinoyatlari 7,1 foizga kamaydi.

"Baʼzi ekspertlar joriy etilgan cheklov choralar koʻchada, xususan, migrantlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar sonini koʻpaytirishi mumkin, deya xavotir bildirgandi. Bu bashoratlar amalga oshmadi", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, migrantlar orasidagi jinoyatlar soni 1,2 foizga kamaydi. Xususan, qotilliklar soni 2 foizga, bosqinchilik 8,1 foizga, talonchilik 9,4 foizga, oʻgʻirlik 5,5 foizga kamaygan.

Eslatib oʻtamiz, Moskva meri Sergey Sobyanin 12 may kuni Rossiya poytaxtida qurilish va koʻplab sanoat korxonalarining ishga tushirilishi migrantlar orasida jinoyatchilikni koʻpaytirish muammosini hal qilishga yordam berishini aytgandi, chunki ishsiz qolganlar yana ishlashni boshlashlari mumkin. Moskva huquq-tartibot organ xodimlari xizmatni kuchaytirgan tartibda olib bormoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular