AQSh Xitoyga "munosabatlarni to‘liq uzish" bilan tahdid qilmoqda

© REUTERS / Lucy NicholsonRespublikanskiy kandidat v prezidenti Donald Tramp
Respublikanskiy kandidat v prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga javoban Xitoy bilan aloqalarni to‘liq uzishi mumkinligi haqida gapirdi.

TOShKENT, 14-may - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh koronavirus bilan bog‘liq holatga javoban Xitoy bilan munosabatlarni to‘liq to‘xtatishi mumkinligi haqida bayonot berdi.

Kongress SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh senatiga COVID-19 tufayli Xitoyga qarshi sanksiya to‘g‘risida qonun loyihasi kiritildi

"Biz ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Biz munosabatlarni to‘liq uzishimiz mumkin", - dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

"Agar siz buni amalga oshirganingizda nima ro‘y berardi? Agar munosabatlarni to‘liq uzganingizda 500 milliard dollar iqtisod qilgan bo‘lar edingiz", - deb qo‘shimcha qilgan prezident.

Tramp bu so‘zlarni Xitoyning koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan va Vashington nazarida noto‘g‘ri hisoblangan harakatlariga javoban AQSh tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan choralar haqida gapirayotib aytgan. 

Xususan, boshlovchi Trampdan AQSh xitoylik talabalarga viza berish amaliyotini bekor qilishi mumkinligi borasida fikr so‘ragan. Bu haqda sal oldin amerikalik senatorlardan biri taklif kiritgan edi.

Tramp shuningdek, uning XXR yetakchisi Si Szinpin bilan aloqalari yaxshiligini va hozircha unga qo‘ng‘iroq qilishni istamayotganini aytgan.

Yangiliklar lentasi
0