12:22 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)
1164 0 0

Tojikiston sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etgan kishilar toʻgʻrisida maʼlumotlarni eʼlon qildi.

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Oʻtgan sutka davomida Tojikistonda koronavirusning yangi shtamm tashxisi qoʻyilgan olti nafar bemor vafot etdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligiga asosan.

14 maydagi statistik maʼlumotlarga koʻra, koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 29 kishiga etdi.

Kuni kecha Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusdan yangi oʻlim holatlari yoʻqligini maʼlum qilgandi.

Tojikistonda koronavirus infektsiyasining birinchi holati 30 aprel kuni aniqlandi. Infektsiyaning mamlakat boʻylab tarqalishi haqida pandemiyani oldini olish boʻyicha Respublika shtabi eʼlon qildi.

Bugungi kunda koronavirus bilan ogʻrigan bemorlar soni 907 kishiga etdi.

Hukumat Tojikistonda xavfli infektsiya tarqalishining oldini olish choralarini koʻrmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)

Asosiy mavzular