17:41 26 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
291 0 0

Kishi boshiga 100 liralik qiymatdagi ushbu oziq-ovqat talonlari Turkiyadagi sharoiti ogʻir Oʻzbekiston fuqarolariga tarqatilmoqda.

TOSHKENT, 16 may - Sputnik. Turkiyada ogʻir sharoitga tushib qolgan va birlamchi oziq-ovqat mahsulotlariga muhtoj Oʻzbekiston fuqarolariga yordam berish maqsadida yangi xayriya loyihasi ish boshlagan.

Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi mamlakatning deyarli barcha hududlarida shoxobchalariga ega BİM oziq-ovqat doʻkonlarining rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazib, oziq-ovqat mahsulotlari kartalarini sotib olgan.

Kishi boshiga 100 liralik qiymatdagi ushbu oziq-ovqat talonlari Turkiyadagi sharoiti ogʻir Oʻzbekiston fuqarolariga tarqatilmoqda.

Karta egalari maʼlum vaqtdan soʻng, xarid qilgan oziq-ovqatlari tugagach, qaytadan elchixonaga murojaat qilishlari mumkin.

Anqaradan boshqa shaharlardan murojaat qilgan fuqarolarga oziq-ovqat talonlari pochta xizmatlari orqali yetkazib beriladi.

Kartalarni olish uchun bevosita elchixonaga murojaat qilish mumkin: elchixona manzili: Sancak Mah., 549 Sokak, № 3, Yıldız - Çankaya, Ankara

Shuningdek, murakkab vaziyatga tushib qolgan yoki kasallikka chalingan fuqarolar ham elchixonaga murojaat qilishsa, ularga qoʻshimcha yordam ajratiladi. Yaʼni davolanish puli yoki operatsiya xarajatlari toʻlab berilishi mumkin, deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular