00:08 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
99510

Taʼkidlanishicha, material radarning elektromagnit nurlanishini 99.5 foizga oʻziga singdira oladi. Bu esa radarning uzoq masofada yashirilgan obʼyektni aniqlashiga yoʻl qoʻymaydi.

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. “Roselektronika” xolding mutaxassislari qish vaqtida harbiy texnikani dushman koʻzidan qor ostiga yashiruvchi material yaratishdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati RIA Novostiga maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, material harbiy texnikani topishni 3-4 martaga pasaytiradi. Material ishlab chiqarishning yoʻlga qoʻyishga hamma narsa tayyor. Hozircha uning tajriba partiyasi ishlab chiqarilgan.

Material nanotuzilishli ferromagnit mikrosimli iplar asosida yaratilgan. Material koʻpga chidaydigan va past harorat taʼsiriga chidamli ekani qayd etilgan.

Ishlab chiqaruvchilar material radarning elektromagnit nurlanishini 99.5 foizga oʻziga singdira olishini taʼkidlashgan. Bu esa radarning uzoq masofada yashirilgan obʼyektni aniqlashiga yoʻl qoʻymaydi.

Asosiy mavzular