14:40 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
223 0 0

Taʼkidlanishicha, mintaqalar oʻrtasidagi harakatlanishga ham ruxsat beriladi. Shu bilan birga, ushbu mintaqalarda koronavirus bilan kasallanish xavfi yuqori boʻlsa yana cheklov oʻrnatilishi mumkin.

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Italiya hukumati 3 iyundan mamlakatga xorijliklarning kirishi hamda oʻz fuqarolarining chetga chiqishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda.

Taʼkidlanishicha, mintaqalar oʻrtasidagi harakatlanishga ham ruxsat beriladi. Shu bilan birga, ushbu mintaqalarda koronavirus bilan kasallanish xavfi yuqori boʻlsa yana cheklov oʻrnatilishi mumkin. Muqobil qoidalar Italiyaga kiruvchilar uchun ham qoʻllaniladi.

Shuningdek, 18 maydan boshlab mamlakat aholisi uchun bir mintaqa ichida harakatlanishga ruxsat beriladi. Xuddi shu kundan boshlab Italiyada xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilga holda tijorat ishlariga ruxsat beriladi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Italiyada koronavirus bilan bogʻliq 224,7 mingta holat aniqlangan. Shulardan 122,8 mingtadan ziyodi tuzalib ketgan. Qurbonlar soni 31 mingdan oshgan.

Yevropa mamlakatlari karantin choralarini yengillashtirmoqda

Kuni kecha Sloveniya mamlakatda koronavirus epidemiyasi oʻz nihoyasiga yetganini maʼlum qildi.

Yevropa ittifoqining ayrim mamlakatlari ikki tomonlama chegaralarni ochishga kirishdi. Masalan, Estoniya, Latviya va Litva fuqarolarning uchta respublika oʻrtasidagi harakatlanishiga qoʻyilgan cheklovni olib tashladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular