19:54 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
84923

Prezident Ashraf Gʻani va sobiq bosh vazir Abdulloh Abdulloh hukumatni boʻlib olish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi.

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani va sobiq bosh vazir Abdulloh Abdulloh hukumatni boʻlib olish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi. Bu haqda mamlakat prezidenti vakili Sediq Sediqqi maʼlum qildi.

“Prezident Gʻani va Abdulloh Abdulloh oʻrtasida hozirgina siyosiy bitim imzolandi. Abdulloh Milliy yarashish oliy kengashiga rahbarlik qiladi. Jamoasi aʼzolari esa mahkamaga (vazirlar – tahr.) kiritiladi”, - deya yozgan Sediqqi Twitterʼdagi sahifasida.

9 mart kuni saylovlarda gʻalaba qozongan Ashraf Gʻani qasamyod qabul qildi va rasman Afgʻoniston prezidenti lavozimiga kirishdi. Oʻz magʻlubiyatini tan olmagan Abdulloh Abdulloh ham oʻsha kuni davlat rahbari sifatida inauguratsiya marosimi oʻtkazdi va oʻzini prezident deb eʼlon qildi. Ikki kundan soʻng Ashraf Gʻani bosh vazir lavozimini tugatdi.

Asosiy mavzular