Puerto-Riko AQShning yangi shtati bo‘lishi mumkin

© AFP 2023 / LOIC VENANCEFlag SShA na fone goroda
Flag SShA na fone goroda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Puerto-Rikoda AQSh tarkibiga kirish to‘g‘risida referendum o‘tkaziladi. Ovoz berish 3-noyabrga rejalashtirilgan.

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Puerto-Riko davlati gubernatori Vanda Vaskes Garsed uning yakuniy siyosiy maqomini belgilash va AQSh tarkibiga kirish haqida referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi.

Qonun loyihisiga binoan ovoz berish 3-noyabr sanasiga tayinlangan.

​El Exelcior nashri xabariga ko‘ra, aholiga quyidagi savol beriladi: “Puerto-Riko zudlik bilan AQSh tarkibiga qabul qilinishi kerakmi?”

Qayd etish joizki, bu davlatning AQSh tarkibiga kirishga oltinchi urinishi. Oldingilari muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Karib orolining jiddiy niyatlariga qaramasdan so‘nggi yakuniy qarorni AQSh kongressi qabul qiladi. Uning tasdig‘isiz Puerto-Riko maqomini o‘zgartirishning iloji yo‘q.

Puerto-Riko 1952-yildan buyon AQSh boshqaruvi ostidagi hudud sanaladi, lekin uning ajralmas qismi emas. Puertorikanlar rasman AQSh fuqarolari hisoblanadi, ammo AQSh prezidenti saylovida qatnasha olmaydi.

Yangiliklar lentasi
0