13:17 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
661 0 0

Mutaxassisning fikriga koʻra, COVID-19 ga birinchi navbatda koʻplab odamlar bilan muloqotda boʻluvchilar emlanadi.

TOSHKENT, 18 may - Sputnik. Koronavirusga qarshi emlashga birinchi nomzodlar xavf guruhiga kiruvchilar boʻladi. Bu haqda N.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya Milliy tadqiqot markazining latent infektsiyalar mikrobiologiyasi boʻlimi boshligʻi Viktor Zuyev NSN efirida maʼlum qildi.

“Biz odamlarda immunitet hosil qilish uchun emlaymiz. Immunitetga ega boʻlgan odamni emlashni nima keragi bor?" – deydi u.

Koronavirusga qarshi vaktsinani birinchi boʻlib COVID-19 bilan kasallangan bemorlar bilan ishlaydigan shifokorlar olishadi. Shuningdek, mutaxassisning fikriga koʻra, koʻp sonli odamlar bilan muloqot qiluvchilar ham emlashga birinchi navbatda boʻlishadi: masalan, chipta sotuvchilar, kassirlar, koʻngillilar, taksi haydovchilari.

Mutaxassis keyinchalik gripp kabi koronavirusga qarshi vaktsinatsiya oʻtkaziladi deb hisoblaydi.

Shuningdek, uning fikriga koʻra, koronavirus tarqalishi yiliga ikki marta - kech kuzda va erta bahorda, - iqlimiy sabablarga koʻra odamlarda immunitet pasayganda roʻy beradi.

Dunyo boʻylab koronavirus bilan bogʻliq 4,6 milliondan ziyod holat qayd etilgan, 311,7 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Asosiy mavzular