11:03 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
172 0 0

Bemor va unga hamroh boʻlgan shaxslar COVID-19ga test topshirishlari kerak. Agar bu testlar oʻz mamlakatlarida mavjud boʻlsa, unda test safardan 48 soat oldin topshirilishi kerak.

TOSHKENT, 18 may - Sputnik. Turkiya tibbiy muassasalarda davolanish uchun mamlakatga tashrif buyurayotgan oʻzbekistonliklar uchun chegaralarini ochmoqda, deb xabar beradi Daily Sabah.

“20 maydan boshlab Turkiya 31 davlat, shu jumladan, Rossiya, Qozogʻiston, Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Oʻzbekistonga, shuningdek, Yevropa va Yaqin Sharqning bir qator davlatlari fuqarolari kirishiga rasman ruxsat beradi. Shu bilan birga, sayohatlarga plyaj taʼtili emas, balki sogʻlomlashtirish taʼtili kiradi", - deyiladi xabarda.

Goroda mira. Rim
© Sputnik / Natalya Seliverstova

Bemorlar foydalanishi mumkin boʻlgan xizmatlar roʻyxatiga quyidagilar kiradi: ortopediya, travmatologiya, umumiy jarrohlik, bolalar jarrohligi, urologiya, koʻz kasalliklari, kardiologiya, onkologiya, neyroxirurgiya, gematologiya, reproduktiv terapiya, organlar va suyak iligi transplantatsiyasi.

Tibbiy sayyohlar mamlakatga koʻpi bilan ikki kishi hamrohligida kiritilishi mumkin. Bemor va unga hamroh boʻlgan shaxslar COVID-19ga test topshirishlari kerak. Agar bu testlar oʻz mamlakatlarida mavjud boʻlsa, unda test safardan 48 soat oldin topshirilishi kerak. Turkiyaga kirayotganda koronavirus testi tahlili manfiy toʻgʻrisida sertifikat boʻlishi kerak yoki Turkiyaga kirganda pullik test topshirish kerak boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat hududida xalqaro yuk tashish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritgan edi. Chet ellik haydovchilar 14 kunlik karantin davrini kutmasdan, mamlakatdan imkon qadar tezroq chiqib ketish sharti bilan Turkiyaga kirishlari mumkin.

Asosiy mavzular