20:16 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
80311

Zamonaviy materiallardan foydalanish hisobiga A-050 "Chayka-2"ning ogʻirligi taxminan 50 tonnani tashkil etadi va bortiga bir yuz askarni yoki toʻqqiz tonna yukni olishi mumkin.

Rossiya yangi "dengiz yirtqichi" - A-050 ekranoplanini yaratmoqda, deb "We Are the Mighty" Amerika nashri yozgani haqida xabar beradi RIA Novosti.

Nashrda maʼlumot berilishicha, dinamik havo yostigʻiga ega kemadan foydalanish 2020 yilda boshlanishi rejalashtirilmoqda. Nashr taʼkidlashicha, A-050 eksperimental "Lun" ekranoplan-raketa tashuvchisi uchun asos boʻlib xizmat qilgan "Kaspiy yirtqichi"ning rivojlanishidir.

SSSRning eng mashhur va muvaffaqiyatli ekranoplanlari "Lun" va "Orlenok" loyihalari. "Lun" rusumidagi koʻp tonnali mashinalar soatiga besh yuz kilometrgacha tezlashardi, kemalarga qarshi raketalar bilan qurollangan va radarlarda deyarli koʻrinmas boʻlgan. Oʻlchamlari boʻyicha kichikroq "Orlenok" bortiga 150 askar va bir nechta BMP sigʻdira olgan.

Endilikda ishlab chiqaruvchilar Mudofaa vazirligiga ekranoplanlarning yangi avlodini taklif qilmoqdalar. Zamonaviy materiallardan foydalanish hisobiga A-050 "Chayka-2"ning ogʻirligi taxminan 50 tonnani tashkil etadi va bortiga bir yuz askarni yoki toʻqqiz tonna yukni olishi mumkin. Aviadvigatellar yordamida "Chayka" soatiga 450 kilometrgacha tezlashadi, va nafaqat suv yuzasida, balki muzda yoki tekis dashtda, shuningdek, besh ming kilometrgacha masofani bosib oʻta oladi.

Avvalroq Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Rossiya bortida raketa qurollari ega istiqbolli ekranoplanni ishlab chiqayotganini aytgandi.

Uning soʻzlariga koʻra, ekranoplandan Shimoliy dengiz yoʻlini himoya qilish va Qora va Kaspiy dengizlarini patrul qilish uchun foydalaniladi.

Asosiy mavzular