04:25 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
70720

Afgʻoniston prezidenti farmoni bilan General Abdul Rashid Doʻstumga Afgʻoniston Islom Respublikasi Qurolli kuchlari marshal unvoni beriladi.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Kelib chiqishi oʻzbek boʻlgan general, Abdul Rashid Doʻstumga Afgʻoniston QK marshal unvoni beriladi. Bu haqda 17 may prezident Ashraf Gʻani va sobiq bosh vazir Abdulloh Abdulloh imzolagan bitimda aytilgan.

“Sobiq vitse-prezident, general Abdul Rashid Doʻstumga prezident farmoni bilan marshal unvoni beriladi”, - deyilgan hujjatda. Uning matni Tolo News tomonidan chop etildi.

Shuningdek, Doʻstum hukumat Oliy Kengashi va Milliy xavfsizlik Kengashiga aʼzo boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Afgʻoniston prezidentligiga qayta saylangan Ashraf Gʻani 9 martda qasamyod qabul qildi va rasmiy ravishda lavozimga kirishdi. Abdulloh Abdulloh saylovlarda oʻz magʻlubiyatini tan olmadi va shu kunning oʻzida mamlakat rahbari sifatida oʻz inauguratsiyasini oʻtkazdi. Ikki kundan keyin Gʻani Abdulloh egallab turgan hukumatdagi lavozimini qisqartirdi.

May oyi boshida Abdulloh Abdulloh  va Ashraf Gʻani bilan "muzokaralarda oldinga siljish boʻlgani va bir qator printsiplar boʻyicha dastlabki kelishuvga erishganini" aytdi.

Kelishuvga binoan, Abdulloh milliy yarashuv boʻyicha Oliy kengashni boshqaradi. Uning jamoasi aʼzolari Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Asosiy mavzular