02:49 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
272 0 0

AQSH va Yevropa fuqarolariga nisbatan rossiyaliklarning immuniteti balandroq - epidemiologiya markazi direktori.

TOSHKENT, 18 may – Sputnik. Rossiyada, boshqa davlatlarga qaraganda, COVID-19dan oʻlish darajasi 3-4 baravar past, chunki rossiyaliklarning Yevropa va AQSH fuqarolariga nisbatan populyatsion immuniteti balandroq, deydi Epidemiologiya va mikrobiologiya Milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Gintsburg.

"Shunchaki past ham emas, balki 3-4 baravar past... Chunki, aminmanki, populyatsion immunitet bizning fuqarolarda yevropaliklar yoki amerikaliklarga qaraganda anchagina baland", - deb taʼkidladi u "Rossiya 24" kanaliga bergan intervyusida.

Rossiyada koronavirus bilan bogʻliq vaziyat qiyinligicha qolmoqda, ammo kasallanishlar sonini oʻsishini toʻxtatishga mavaffaq boʻlindi, dinamikasi ijobiy, deya bayonot berdi bosh vazir Mixail Mishustin.

"Mamlakatimizda koronavirus infektsiyasining tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat jiddiyligicha qolmoqda, ammo biz aytishimiz mumkinki, kasallanishning koʻpayishini toʻxtatishga muvaffaq boʻldik. Eng ehtiyotkor hisob-kitoblarga koʻra, dinamika ijobiy", - dedi Mishustin hukumat qoshidagi koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumi yigʻilishida. 

Rossiya, Oʻzbekiston va dunyoda COVID-19 bilan bogʻliq vaziyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar stopkoronavirus.rf va coronavirus.uz  portallarida keltirilgan.

 

Asosiy mavzular