BMT Bosh kotibi Sluskiyning sanksiyalarni bekor qilish haqidagi chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin na XXI Peterburgskom mejdunarodnom ekonomicheskom forume. Den vtoroy
Prezident RF V. Putin na XXI Peterburgskom mejdunarodnom ekonomicheskom forume. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT Bosh kotibi AQSh va "Katta ygirmatalik" davlatalaridan pandemiyaga qarshi samarali kurashish qobiliyatiga putur yetkazadigan sanksiyalardan voz kechishga chaqirdi.

TOShKENT, 13-may - Sputnik. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh Davlat Dumasining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Sluskiyning YeI, AQSh va parlament tashkilotlariga koronavirus pandemiyasi fonida bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilish zaruriyati haqidagi murojaatini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Murojaatda aytilishicha, global epidemiologik tahdid sharoitida, oddiy odamlarni omon qolishini xavf ostiga qo‘yuvchi to‘sqinlik qilish paradigmasida o‘ylashni to‘xtatish vaqti keldi.

"Men ushbu global muammoning ayrim jihatlari bilan kurashishda xalqaro hamkorlik zarurligi to‘g‘risidagi sizning fikrlaringizga to‘liq qo‘shilaman. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarni, shu qatorda Rossiya Federatsiyasini, hozirgi zamonamizning sog‘liqni saqlashga oid eng katta inqiroziga qarshi kurashda bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman, shu jumladan, 2020-yil mart oyida boshlangan Global gumanitar yordam rejasini moliyalashtirish orqali", - deyiladi Guterresh maktubida.

BMT Bosh kotibi, shuningdek, 26-mart kuni "Katta yigirmalik" rahbarlariga yo‘llagan murojaatida davlatlarning pandemiya xavf-xatarlariga samarali javob berish qobiliyatiga putur yetkazadigan sanksiyalardan voz kechishga chaqirdi.

"Va men 27-mart kuni a’zo davlatlar bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi brifingda yana bir bor o‘z chaqirig‘imni ta’kidladim. Men ushbu masalalarni hal etishda ommaviy va shahsiy tartibda faol ishtirok etishda davom etaman", - deb ta’kidladi Guterresh.

BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 4 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari qayd etilgan, 283 mingdan ortiq odam vafot etdi.

Avvalroq Sputnik radiosi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh davlatlarni barcha to‘qnashuvlarni to‘xtatishga va COVID-19 bilan kurashish uchun birlashishga chaqirganini habar qilgan.

Yangiliklar lentasi
0