04:46 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
305 0 0

AQSH BSSTni moliyalashtirishni toʻxtatishni oʻylamoqda. Vashington tashkilotga aʼzoligini ham qayta koʻrib chiqish niyatida

TOSHKENT, 19 may - Sputnik. Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 30 kun davomida AQSH talab etayotgan islohotlarni amalga oshirmasa, Vashington BSSTni moliyalashtirishni toʻxtatadi va undagi aʼzoligini qayta koʻrib chiqadi. Bu haqda Amerika prezidenti Donald Trampning tashkilot rahbari Tedros Adanom Gebreyesusga yoʻllangan maktubida aytilgan.

Oq uy rahbarining soʻzlariga koʻra, uning administratsiyasi Tram nazdida BSSTning koronavirus pandemiyasi taʼsiriga nisbatan muvaffaqiyatsiz boʻlgan javobi yuzasidan tekshiruv ishlarini oʻtkazgan.

"Bu tekshiruvlar men soʻnggi oy davomida koʻtargan koʻplab xatarlarni tasdiqladi va BSST tezkor munosabat bildirishi lozim boʻlgan boshqa xavflarni aniqladi, bunda ayniqsa tashkilotning XXRdan mustaqil emasligi ayniqsa havotirlidir", - deyiladi Trampning oʻz Twiterida eʼlon qilgan maktubida.

AQSH prezidenti BSSTdan "sifat jihatdan anchayin ahamiyatli va jiddiy boʻlgan oʻzgarishlarni" oʻtkazishni talab qilmoqda. Ular orasida "Xitoydan mustaqillik" sharti ham bor.

"Sizning tizimli ravishda yoʻl qoʻygan xatolaringiz va tashkilotning pandemiyaga javobida boʻlgan xatoliklar dunyoga juda qimmatga tushdi", - deyiladi maktubda.

Tramp shuningdek, BSST bilan tashkilotni isloh qilish borasidagi masalani muhokama qilishni boshlaganini taʼkidlab oʻtgan.

AQSH prezidenti aprel oyida BSSTni COVID-19 koronavirusi epidemiyasiga yetarli tarzda tezkor javob qaytarmaganlikda va jamoatchilikni u haqda oʻz vaqtida ogohlantirmaganlikda ayblab, tashkilotni moliyalashtirishni toʻxtatishi haqida eʼlon qilgan edi.

AQShdagi pandemiya bilan bogʻliq yuzaga kelgan murakkab voqealar fonida Tramp nomiga tanqidlar yogʻdirilgan edi. AQSH nafaqat kasallikni yuqtirganlar, balki vafot etganlar soni boʻyicha ham birinchi oʻringa chiqqach, prezident nomiga u kerakli chora-tadbirlarni juda kech joriy etganligi haqida ayblovlar yogʻdirilgan edi.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha infektsiyani 4,4 million kishi yuqtirgan, 300 mingdan ziyod kishi koronavirus qurboniga aylangan.

Asosiy mavzular