19:39 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
163 0 0

Dogʻistondagi ogʻir epidemiologik vaziyat tufayli Habib oʻz vatandoshlarini shifokorlarga quloq solishga, oʻz-oʻzini yakkalash tartibiga rioya qilishga va hayit namozini oʻyda oʻqishga chaqirgan.

TOSHKENT, 19 may - Sputnik. Dogʻistonda koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq vaziyat juda ogʻir boʻlgani sababli, mashhur yakkakurashchi Habib Nurmagomedov oʻz instagramida murojaat bilan chiqdi.  

Unda Habib Dogʻistondagi ogʻir vaziyat va ayni damda ogʻir ahvolda davolanayotgan otasi haqida aytib bergan hamda vatandoshlarini oʻz-oʻzini yakkalash tartibiga rioya qilishga chaqirgan. 

"Bizda Dogʻistonda vaziyat juda ogʻir, achinarli. Juda koʻp odam kasal boʻlgan, kasalxonalar toʻlib ketgan, vafot etganlar juda koʻp. Biz hozir oʻz xarakterimizni va oʻz intizomimizni koʻrsatishimiz kerak. Biz ushbu virusni faqat birgalikda yengishimiz mumkin.

Biz hozir shifokorlarga quloq solishimiz kerak. Ular vaziyatni yaxshiroq tushunadi. Ular bizning kasal boʻlishimizni istamaydi. Chunki kasalxonalarda joy yoʻq. U yerda uskuna va dori-darmon yetishmaydi.

Nafaqat Dogʻiston yoki Rossiya, ushbu kasallik barcha uchun kutilmaganda keldi. 3-4 oy oldin butun dunyoda milliardlab odamlar uyida oʻtirishiga hech kim ishonmas edi. Bu kasallikni faqat oʻz-oʻzini yakkalash bilan yengish mumkin.

Bu kasallikni yenggan 10dan ortiq mamlkatlar bor. Ular faqat birlashgan holda, shifokorlarga quloq solib uni yengishga muvaffaq boʻlishdi. Shifokorlar bizdan koʻra koʻproq bilishadi, vaziyatni yaxshiroq tushunadi.

Bizda ham boshida hech kim ishonmagan edi, baʼzilar hatto "buni hukumat oʻz manfaati yoʻlida oʻylab topgan" qabilidagi gaplarni oʻylab chiqarishardi. Endi boʻlsa vaziyat achinarli. Mening eng yaqin kishilarim orasida 20 dan ortiq odam ogʻir kasal boʻldi. Yaqin kishilarimning ota-onalari orasida bir necha kishi vafot etdi. Katta yoshili kishilarda bu kasallik juda ogʻir kechar ekan. Ota-onalaringiz, bobolaringiz, bolalaringiz haqida oʻylang. Shifokorlarga quloq soling.

Erta indin bizda muqaddas Roʻza hayit keladi. Aslida biz bu bayramni bir yil kutdik, lekin hozirgi vaziyatda biz oʻzimizning, katta yoshli yaqin kishilarimizning hayotini saqlab qolishimiz kerak. Shuni uchun uqimishli kishilar gapiga quloq soling. Shifokorlar tavsiyasiga rioya qiling. Mehmonga bormang, uyingizda mehmon qabul qilmang. Olloh bizga yordam bersin. 

Shu oʻrinda otam haqida ham ikki ogʻiz aytmoqchiman. Hozir uning ahvoli juda ogʻir. Oʻtgan yil biz uning yuragida jarrohlik operatsiyasi oʻtkazgan edik. Virus taʼsiri ostida vaziyat yanada ogʻirlashgan. Hozir uning yuragida yana qaytadan jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Xullas hozir uning ahvoli juda ogʻir. Xudodan uni qaytarishini soʻrab qolamiz.

Shifokorlar va islomni yaxshi tushunadigan kishilar gapiga quloq solishni, ushbu bayramni uyda oʻtkazishni, bayram namozini ham uyda oʻqishni yana bir bor barchangizdan soʻrab qolaman. Keling barchaga, dogʻistonliklarning mashhur mardligini, xarakterini, toqatlililigini hamda intizomini koʻrsataylik", - dedi Nurmagomedov. 

Hammangizni kirib kelayotgan muqaddas bayram bilan tabriklayman. Sizlarga meni qoʻllab-quvvatlab turganiningiz uchun katta rahmat. 

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

🤲

Publikatsiya ot Khabib Nurmagomedov (@khabib_nurmagomedov)

Asosiy mavzular