12:25 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (45)
288 0 0

Bosh prokuratura bayonotiga koʻra, advokatning soʻzlari haqiqatga mos emas va jamoatchilikni chalgʻitmoqda, sababi spetsnaz xodimlarining koʻrsatmalari toʻlaligicha oʻz aksini topmagan.

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Qirgʻiziston Bosh prokuraturasi Almazbek Atambayevning advokati Zamir Jooshevning "siyosatchi Qoʻy-Toshda spetsnaz xodimini oʻldirmagani" toʻgʻrisidagi bayonotiga izoh berdi, deb yozadi Sputnik Qirgʻiziston.

Idora xabariga koʻra, shu kunlarda ayrim mediaresurslarda ""Alfa qoʻmondoni oʻrinbosari Usenbek Niyazbekovni kim oʻldirgan? Guvohlar koʻrsatmalari" va "Qoʻy-Toshda Atambayev hibsida ishtirok etgan "Alfa" boʻlinmasi jangchilari koʻrsatmalari" sarlavhasi ostida maqolalar paydo boʻlgan.

Jooshev Facebookda OAVlar Niyazbekov Atambayevga tegishli qurol - Dragunov snayper miltigʻidan halok boʻlgani toʻgʻrisida yolgʻon xabarlarni tarqatishayotgani haqida maʼlum qilgan. Huquqshunos DMXQning "Alfa" spetsnaz jangchilari orasidagi jarblanganlar koʻrsatmalari asosida prezident va uning tan soqchisi Niyazbekovning oʻlimiga aybdor emasligi toʻgʻrisida bayonotni chop etgan.

Bosh prokuratura spetsnaz xodimlarining koʻrsatmalari toʻliq oʻz aksini topmagani tufayli, advokatning soʻzlarini "haqiqatga mos emas va jamoatchilikni chalgʻituvchi", deb topgan. Taʼkidlanishicha, ushbu koʻrsatmalarga "aniqlik va toʻldirishlar kiritilgan, natijada esa "voqeaning asl holati oʻrnatilgan". Jabrlanganlar soʻroq qilingan, hodisa yuz bergan joy koʻzdan kechirilgan, tegrgov eksperimentlari oʻtkazilgan, ekspertizalar tayinlangan va ular oʻlaroq Atambayev va uning tan soqchisi Niyazbekov oʻlimi hamda boshqa koʻplab odamlarga uyushtirilgan suʼiqasdlarga aloqadorligi oʻrnatilgan.

"Niyazbekovga uning oʻlimiga sabab boʻlgan tan jarohatlar qaysi quroldan yetkazilgani aniqlangan. Ekspertiza shuni isbotladiki oʻqning kirish va chiqish (7,62 millimetr kalibrli) teshigi va Niyazbekovning kiyimi va bronejiletida qolgan, tarkibida qoʻrgʻonshin boʻlgan oʻq qoldiqlari, spetsnaz jangchisi aynan Atambayevga degishli Dragunov snayper miltigʻidan oʻqqa tutilganini bildiradi", - deyiladi xabarda.

Bosh prokuratura QR Jinoyat-protsessual kodeksining 160-moddasi jinoyat ishi boʻyicha sudgacha boʻlgan sud jarayoni davomida olingan maʼlumotlarni oshkor etishni taʼqiqlashini taʼkidlab oʻtgan.

Ayni vaqtga qadar sud tergovi tadqiqoti predmetiga aylanmagan ushbu maʼlumotlarni tarqatgan advokat qonunni buzganligi haqida ogohlantirilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 7 avgust kuni kechqurun Qoʻy-Tosh qishlogʻida Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi spetsnaz xodimlari Atambayevni oʻz qarorgohida qoʻlga olish boʻyicha operatsiyani amalga oshirishga uringan edi. Ammo shturmga siyosatchining tarafdorlari toʻsqinlik qildi. Bir nafar spetsnaz xodimi halok boʻldi. 8 avgust kuni huquqni muhofaza qilish xodimlari takroriy shturmni amalga oshirdilar, natijada Atambayev taslim boʻldi. Sobiq prezident spetsnaz xodimining oʻlimidan tashqari, tartibsizliklarni tashkillashtirishda, garov olishda va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (45)

Asosiy mavzular