02:49 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
218 0 0

Yaponiya Kunashir, Iturup, Shikotan va Xabomai orollarining kimga tegishliligiga oid iborani “Moviy kitobga” qaytardi, ularni oʻziniki deb atadi.

TOSHKENT, 19 may - Sputnik. Yaponiya Kunashir, Iturup, Shikotan va Xabomai orollarining kimga tegishliligiga oid iborani qaytardi va ularni “mamlakatimiz suvereniteti joriy etiladigan orollar” deb belgiladi. Bu haqda "Kiodo" agentligi xabar qilmoqda. Tokioda bu yerlarni “shimoliy hududlar” deb atashadi.

Mamlakat tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegi hukumat yigʻilishida “Diplomatiyaning moviy kitobini” taqdim etdi. Bu hisobot boshqa mamlakatlar bilan oʻzaro munosabatlarni qamrab olgan.

Oʻtgan yili ushbu hujjatdan “shimoliy toʻrtta orol Yaponiyaga tegishli” degan yozuv olib tashlangan.

Agentlikning fikriga koʻra, ushbu iborani yumshoqroq soʻz bilan almashtirish Tokioning hududiy muammoni hal qilish va Rossiya bilan tinchlik shartnomasi tuzish istagi borligi, bosh vazir Sindzo Abening Rossiya bilan tinchlik bitimi boʻyicha doiraviy bitimlarga kelish niyatidan kelib chiqqan.

Biroq, bu deputatlar va siyosatchilarning konservativ va muxolif qismi tomonidan tanqidga sabab boʻldi.

Nashr fikriga koʻra, iboraning qaytarilishi ikki mamlakat oʻrtasidagi muzokaralar jarayonidagi toʻxtab qolish bilan bogʻliq.

“Moviy kitob”, shuningdek, Yaponiyaning boshqa qoʻshnilar bilan munosabatlarini yoritadi. Janubiy Koreyaga bagʻishlangan boʻlimda oʻtgan yili jiddiy muloqot boʻlib oʻtganligi qayd etildi, ammo bu "muhim qoʻshni mamlakat" ekanligi iborasi qaytarildi.

KXDR tomonidan raketalar uchirilishi "dunyo hamjamiyati uchun jiddiy chaqiruv" deb ataldi, ammo Tokio ushbu davlat bilan oldindan shartlarsiz muzokaralarga tayyor ekanligi aytiladi.

Xitoy borasida esa Yaponiya koronavirus tufayli qoldirilgan Xitoy raisi Si Tszinpinning tashrifi boʻyicha maslahatlashuvlarni davom ettirish va "yangi bosqichdagi yetuk yapon-xitoy munosabatlarini" qurish istagida ekanligi yozilgan.

Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga matbuot anjumanida iboralar "turli vaziyatlarni hisobga olgan holda keng qamrovli yechim" asosida qabul qilinganligini taʼkidlagan.

Kuril masalasi

Yaponiya 1855 yildagi savdo va chegaralar haqidagi ikki tomonlama kelishuvga asoslanib Kunashir, Shikotan, Iturup va Xabomai janubiy Kuril orollariga daʼvo qilmoqda. 1956 yilda SSSR va Yaponiya qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar. Unda Moskva tinchlik shartnomasi tuzilgan taqdirdagina Yaponiyaga Xabomai va Shikotan orollarini topshirish imkoniyatini koʻrib chiqishga rozi boʻlgan, Kunashir va Iturupning taqdiri haqida esa biron gap boʻlmagan.

Sovet Ittifoqi bu nizoni tugatishiga umid qilgan, Yaponiya esa ushbu hujjatni barcha orollarga daʼvo qilishdan bosh tortmasdan muammoni hal qilishning bir qismi deb hisoblagan. Keyingi muzokaralar hech qanday natijaga olib kelmadi, Ikkinchi Jahon urushining natijasi boʻyicha tinchlik shartnomasi imzolanmay qolib ketdi.

Moskvaning pozitsiyasi shundan iboratki, Janubiy Kuril orollari Ikkinchi jahon urushidan keyin SSSR tarkibiga kiritilgan va ular ustidan Rossiyaning tegishli tarzda xalqaro-huquqiy rasmiylashtirilgan suvereniteti shubhasizdir.

2018 yilda Abe Singapurda boʻlib oʻtgan sammitdan soʻng tomonlar 1956 yilgi Sovet-Yaponiya deklaratsiyasiga asoslanib, tinchlik toʻgʻrisidagi hujjat boʻyicha muzokaralar jarayonini tezlashtirishga kelishib oldi deb bayonot berdi. Bu Tokio tomonidan jiddiy yon berish boʻldi, ammo hozirga qadar tomonlar yakuniy kelishuvga erisha olishmagan.

Asosiy mavzular