10:47 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
32230

Agar xorijliklarga Rossiya pasportini berish hozirgi surʼati 2020 yil mobaynida davom etsa, bu koʻrsatkich rekord darajaga chiqadi.

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. 2020 yilning 4 oyida Rossiya 161,1 ming kishiga oʻz fuqaroligini berdi. Bu raqamlar mamlakat IIV hisobotida keltirilgan.

Oʻtgan yilning shu davrida atigi 63,2 ming xorijlik Rossiya fuqaroligini olgan edi. Demak, 2020 yil boshida Rossiya oʻtgan yil yanvar-aprel oyiga nisabatan ikki yarim baravar koʻp oʻz fuqaroligi berdi.

Chet el fuqarolarga Rossiya pasportini berish 2017 yildan beri doimiy ravishda oʻsib bormoqda.

Taʼkidlanishicha, hozirgi surʼatlarda davom etsa, 2020 yil yakunida bu koʻrsatkich rekord darajaga chiqishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijiy fuqarolikdan voz kechmasdan Rossiya fuqaroligini olish huquqini beruvchi qonunni imzoladi.

Bungacha chet elliklar Rossiya pasportini olish uchun murojaat qilganda, oʻz mamlakatlari vakolatli organiga fuqarolikdan voz kechish toʻgʻrisida ariza bilan tasdiqlashi kerak edi.

Asosiy mavzular