19:26 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
284 0 0

Rossiyaning YUNESKOdagi vakili Ukraina hukumatining rus madaniy muassasalariga nisbatan kiritgan sanktsiyalarini keskin qoraladi.

TOSHKENT, 19 may - Sputnik. Rossiyaning YUNESKOdagi vakili Aleksandr Kuznetsov Ukraina hukumatining rus madaniy muassasalariga nisbatan kiritgan sanktsiyalarini keskin qoraladi. 

- Odamlar oʻz-oʻzini yakkalashga majbur boʻlgan pandemiya sharoitidia YUNESKO raqamli texnologiyalar yordamida insoniyat uchun dunyo madaniy boyliklari bilan tanishish uchun tobora kengroq imkoniyat yaratishga harakat qilayotgan bir vaqtda Kiyevning ushbu harakati "simfonik musiqa kontsertiga toʻqmoq bilan kelgan yovvoyiga oʻxshaydi", - dedi Kuznetsov RIA Novosti muxbiriga. 

Eslatib oʻtamiz, Ukraina oʻtgan haftada Rossiyaning bir qator ilmiy va madaniy muassasalariga nisbatan sanktsiyalar kiritgan edi. Ular orasida Rus geografiya jamiyati, Ermitaj, Pushkin nomli Davlat Sanʼat muzeyi, Arxeologiya instituti, Lomonosov nomidagi MDU va boshqalar bor. 

Shu bilan birga Rossiya vakili YUNESKO tomonidan Ukraina tomonidan Ukrainada xalqaro huquqining asosiy printsiplariga, xususan 1972 yilda qabul qilingan Konventsiya talablari buzilishiga nisbatan ham hech qanday chora koʻrmayotganini aytib oʻtdi. Aleksandr Kuznetsov soʻzlariga koʻra bu borada tashkilot "ikki yoqlama siyosat"ga yoʻl qoʻymoqda. YUNESKO siyosiy tashklot boʻlmasada siyosiy sabablarga koʻra Qrimdagi madaniyat obʼyektlarini himoya qilishdan bosh tortmoqda. 

 

Asosiy mavzular