18:46 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
298 0 0

Moskvada 1700 nafar bemor uzoq vaqt davomida ogʻir ahvolda qolmoqda, may oyida ular orasida oʻlimlar soni oshishi mumin, dedi Sergey Sobyanin.

TOSHKENT, 20 may - Sputnik. Moskvada COVID-19dan vafot etish holatlari may oyida aprelga qaraganda koʻproq boʻladi. Bu haqida poytaxt meri Sergey Sobyanin koronavirus boʻyicha koordinatsion kengash majlisida xabar qildi.  

Mer aytishiga qaraganda ayni damda ogʻir va oʻta ogʻir ahvoldagi kasallar soni 1700 kishini tashkil qiladi va bir necha haftadan buyon bu raqam kamayishi kuzatilayotgani yoʻq. 

"Bu kunlik koʻrsatgich emas, bir necha haftalik oʻrtacha koʻrsatgich va u kamaymayapti. Nega? Chunki shifokorlar har bir hayot uchun oxirgacha kurashmoqda. Ogʻir kasallar statsionar va jonlantirish boʻlimlarida bir 2-3 haftalab davolanishmoqda", - dedi Sobyanin. 

Eslatib oʻtamiz, kornoavirusga qarshi kengashning bugun boʻlib oʻtgan majlisida bosh vazir Mixail Mishustin Rossiya tibbiyot tizimi bosimning yuqor nuqtasidan oʻta boshlaganini va shifoxonalar yuklamasi sekin asta kamayayotganini maʼlum qilgan edi. 

 

Asosiy mavzular