19:38 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
88250

Xitoyning Shandun provintsiyasida istiqomat qiluvchi qiz sobiq yigitidan qasos olish maqsadida uning uyiga bir tonna piyoz joʻnatdi.

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Xitoyning Shandun provintsiyasida istiqomat qiluvchi qiz sobiq yigitidan oʻch olishga qaror qildi. RIA Novosti xabariga asosan. 

"Sintszin bao" gazetasining yozishicha, Chjao ismli qiz internetda bir tonna piyoz sotib oldi va sobiq yigitining manzilini koʻrsatadi. Qiz piyozni toʻgʻri uning uyi eshigi ostiga tashlab ketish va qaytarib olmaslikni soʻraydi. Qiz joʻnatmaga "Meni tashlab ketganingdan keyin uch kun yigʻladim, endi sen yigʻlaysan" deb yozilgan qogʻozni yopishtiradi.

Yigit oʻzi esa, ular qiz bilan orani ochiq qilganiga bir yil boʻldi, ammo piyoz uni yigʻlatmadi, aksincha foyda keltirdi, chunki u piyozni tezda bir ming yuanga (140 dollar) sotib yubordi.

Yigitning taʼzirini berish yoʻli faqat kuryerga juda katta noqulayliklar keltirdi, chunki u piyoz solingan qoplarni bir necha soat davomida yuk mashinasidan tushirib, ichkariga tashidi.

Shuningdek, qoʻshnilar ham norozi boʻlishdi, chunki butun uy-joy majmuasi piyoz hidiga toʻldi.

Asosiy mavzular