04:38 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
165 0 0

Dunyo pandemiyadan 9 trln dollar zarar koʻrgan. AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyning pandemiyaga qarshi kurashish uchun qoʻshgan hissasini “arzimagan” deb atadi.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Xitoy koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun 9 trln dollar ajratishi kerak. Bu haqda AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo maʼlum qildi.

“Xitoyning pandemiyaga qarshi kurashish uchun qoʻshgan hissasi arzimagan, agar u tufayli butun dunyo toʻlagan baho bilan taqqoslasak. Ushbu vabo 90 ming amerikaliklarning yotigʻini quritdi, martdan buyon 36 mln amerikalik ishidan ayrildi.  Butun dunyo boʻylab 300 ming kishi vafot etgan. Hisob-kitoblarimizga koʻra, (Xitoy hissasi) 9 trln dollar boʻlishi kerak”, - dedi Pompeo.

Pompeoning soʻzlariga koʻra, AQSH, masalan, yangi koronavirusga qarshi kurashish uchun 10 mlrd dollar ajratgan, Xitoy esa 2 mlrd dollar.

AQSH Xitoyni koronavirus avj olishini yetarli darajada tekshirmaganlikda ayblab keladi, Pekin esa buni rad etmoqda.

Asosiy mavzular