Xashoggining oilasi qotillarni kechirdi

© AP Photo / Jacquelyn MartinJamal Xashoggi
Jamal Xashoggi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taniqli saudiyalik jurnalist Xashoggi 2017-yildan AQShda istqomat qilgan va Washington Post nashrida ishlagan. U 2018-yilning oktabrida Istanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulligida o‘ldirilgan edi.

TOShKENT, 22-may – Sputnik. O‘ldirilgan saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Xashoggining o‘g‘li Salox jumaga o‘tar kechasi oilasi otasining qotillarini kechirishini ma’lum qildi.

Glava MID Tursii Mevlyut Chavushoglu na vstreche s glavoy vneshnepoliticheskogo vedomstva RF Sergeyem Lavrovim v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Chavushoglu jurnalist Xashoggi musiqa sadolari ostida burdalangan, degan fikrda

"Biz, haqiqat uchun halok bo‘lgan Jamol Xashoggining farzandlari, bizning otamizni o‘ldirganni kechirishimizni e’lon qilamiz", - deb yozgan Salox Xashoggi Twitterda. U ushbu qaror musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyining oxirgi kechalaridan birida e’lon qilinayotganini ta’kidlab o‘tgan. Xashoggining o‘g‘li ushbu satrlarga qo‘shimcha Qur’ondagi afv haqidagi oyatni keltirib o‘tgan.

Oldinroq Istanbul prokuraturasi Xashoggining o‘limida aloqadorlikda ayblab, 2018-yilning oktabr oyida Saudiya Arabistonining 20 nafar fuqarosiga sirtdan ayblovlar e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi.

Ularning orasida 18 nafari hukmni ijro etishda ayblanmoqda, prokuratura ular uchun umrbod qamoq jazosini talab qilgan.

Yana ikki kishi qotillikni tashkil etishda ayblangan, bu Saudiya Arabistoni merosxo‘r shahzodasi maslahatchilari - Saud al-Qahtoniy va umumiy razvedka rahbarining sobiq o‘rinbosari Axmad Asiriylardir.

Prokuratura ular uchun "o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish" moddasi bo‘yicha qamoq jazosini so‘ragan. Bosh prokuror imzosi tushirilgan ish sudga oshirilgan.

Jamal Xashoggi - Sputnik O‘zbekiston
WP Xashoggining so‘nggi maqolasini chop etdi

Taniqli saudiyalik jurnalist Xashoggi 2017-yildan AQShda istqomat qilgan va Washington Post nashrida ishlagan. U 2018-yilning oktabrida Istanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulligida o‘ldirilgan edi. Avvaliga saudiya hukumati uning konsullik binosi ichida izsiz yo‘qolganini rad etdi, ammo oradan biroz vaqt o‘tib video va audio yozuvlar paydo bo‘lgach, Xashoggi konsullik xodimlari bilan yuzaga kelgan janjal oqibatida o‘ldirilganini tan olishga majbur bo‘lgan edi. Turkiya politsiyasi jurnalist jasadini haligacha topa olmadi.

Sal oldin Saudiya Arabistoni jurnalist qotilligida ayblanib besh kishi o‘lim jazosiga mahkum etilgani, yana uch kishi jinoyatni yashirganlik aybi bilan umumiy hisobda 24-yilga ozodlikdan mahkum etilgani haqida xabar bergan edi. Ayblovlar 11 gumondorga e’lon qilingan bo‘lib, yana uch kishi dalillar yetishmasligi tufayli ogohlantirish bilan qutilib qolgan.

Yangiliklar lentasi
0