06:33 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
362 0 0

Shartnoma 2002 yildan beri amal qilib keladi va ishtirokchi davlatlarga bir-birining qurolli kuchlari va oʻtkazayotgan tadbirlari toʻgʻrisida ochiq maʼlumotlarni toʻplash imkoniyatini beradi.

TOSHKENT, 22 may - Sputnik. Prezident Donald Tramp AQSH ochiq osmon boʻyicha shartnomadan chiqishini maʼlum qildi. Amerika prezidentining soʻzlariga koʻra, Moskva ushbu kelishuvga rioya qilmagan.

© Sputnik / Ilya Pitalev

"Menimcha, Rossiya bilan munosabatlarimiz juda yaxshi, ammo Rossiya (shartnomaga - tahr.) rioya qilmadi", - deb bayonot bergan Tramp.

"Shu bois, ular rioya qilmaguncha, biz chiqib turamiz. Ammo yangi shartnomaga erishish yoki ushbu shartnomani qaytarish uchun biron bir ish qilishimiz uchun juda yaxshi imkoniyat bor", - deya qoʻshimcha qilgan Amerika yetakchisi.

Davlat kotibi Mayk Pompeo, oʻz navbatida, AQSH olti oydan keyin shartnomadan chiqib ketishini aytdi. Shuningdek, u Rossiya ushbu shartnomaga "rioya qilishga qaytgan taqdirda" Oq uy ushbu qarorni qayta koʻrib chiqishi mumkinligini taʼkidladi.

Vashington daʼvolari

Davlat kotibining soʻzlariga koʻra, Rossiya AQSH va shartnomaning boshqa tomonlaridan farqli oʻlaroq, "yillar davomida shartnomani turli yoʻllar bilan namoyishkorona va doimiy ravishda buzib kelgan".

Xususan, Pompeo Rossiyani "oʻzi xohlagan paytda" shartnoma boʻyicha parvozlarga ruxsat bermaganligida yoki cheklaganligida aybladi.

Uning soʻzlariga koʻra, Moskva oʻzining Abxaziya va Janubiy Osetiya bilan chegaradosh boʻlgan oʻn kilometrlik koridorda kuzatuv parvozlarini amalga oshirishdan bosh tortdi va "ushbu anklav yirik harbiy potentsial joylashtirilgan hududi boʻlib qolganiga" qaramay, "noqonuniy ravishda Kaliningrad boʻylab parvozlarga cheklovlarni oʻrnatdi".

Shuningdek, uning soʻzlariga koʻra, Rossiya 2019 yilda AQSH va Kanadaga yirik harbiy mashgʻulotlar oʻtkaziladigan hudud boʻylab birgalikda parvoz qilishga ruxsat bermadi.

Rossiya hech narsani buzmadi

Rossiya tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Aleksandr Grushko RIA Novostiga bergan intervyusida Moskva tomonidan Shartnomaning buzishi holatlari boʻlmaganligini aytdi va Moskva "ushbu fundamental kelishuvdan chiqishga baʼzi texnik sabablar mavjudligi bilan oʻzini oqlashga" urinishlarni rad etadi.

"AQSH bugungi kunda Rossiya tomonidan qandaydir qoidabuzarliklar sifatida taqdim etishga harakat qilayotgan ushbu texnik muammolarni muhokama qilishni davom ettirishga hech narsa toʻsqinlik qilmaydi", - dedi Grushko.

Uning taʼkidlashicha, muloqotni davom ettirish uchun shartnomadan chiqish shart emas, ammo chiqish paytida texnik muammolarni hal qilish imkonsiz boʻladi.

Diplomatning taʼkidlashicha, DON (Ochiq osmon boʻyicha shartnoma-tahr.) 20 yildan koʻproq vaqt davomida Yevropada tinchlik va xavfsizlikni qoʻllab-quvvatlab kelgan va "barcha elementlar oʻzaro bogʻliq boʻlgan harbiy xavfsizlik tizimining ajralmas qismi boʻlgan".

"Buzish - qurish degani emas".

Rossiyaning Vena shahridagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Mixail Ulyanov RIA Novosti-ga AQSH chiqib ketmoqchi boʻlgan ochiq osmon boʻyicha Shartnoma yigirma yil davomida harbiy sohada yuqori darajadagi ishonchni berdi.

" Buzish - qurish degani emas. Shartnoma yigirma yil davomida amal qildi va transatlantik mintaqada transparentlikni, harbiy sohaga ishonchning yuqori darajasini taʼminladi", - dedi u.

"Ammo chiqib ketish qarori, Qoʻshma Shtatlarning qurol-yarogʻ nazorati boʻyicha "yangi davr" haqidagi tezisini tushuntirishga oʻxshaydi. Koʻrinishidan, "yangi davr" hech qanday nazoratning yoʻqligini anglatadi. Bularning hammasi achinarli", - deya qoʻshimcha qildi Ulyanov.

Javob rejasi tuzilgan

Davlat Dumasining xalqaro ishlar boʻyicha qoʻmitasi rahbari Leonid Slutskiyning taʼkidlashicha, Rossiya AQShning Ochiq osmon toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqib ketishiga javob berish rejasi bor, milliy xavfsizlikni himoya qilish maqsadlariga muvofiq choralar koʻriladi.

"Albatta, Rossiyaning DON boʻyicha Amerika qadamlariga javob berish rejasi bor, garchi shartnoma koʻp qirralilik hususiyatiga ega. Aminmanki, biz milliy xavfsizlikni himoya qilish maqsadlariga toʻla mos ravishda muvozanatlashtirilgan qaror qabul qilamiz", - dedi Slutskiy jurnalistlarga.

Uning soʻzlariga koʻra, AQShning ochiq osmon boʻyicha shartnomadan chiqish toʻgʻrisidagi qarori destruktiv va Yevropadagi harbiy xavfsizlik tizimiga tahdid soladi.

"AQShning ochiq osmon shartnomasidan chiqishi bu Yevropa qitʼasida harbiy xavfsizlik tizimini xavf ostiga qoʻyishi mumkin boʻlgan destruktiv qarordir. Bu AQSH maʼmuriyatining DRSMD shartnomasini qulashidan keyin qurollarni nazorat qilish borasidagi asosiy bitimlarni yoʻq qilishdagi yana bir qadami", - dedi u.

Slutskiyning soʻzlariga koʻra, Ochiq osmon shartnomasi bilan bogʻliq vaziyatda Rossiyaga qarshi ayblovlar avval ishlatilgan qoliplar asosida shakllantirilmoqda.

Barcha shartnomalarning qulashi

Jamoat palatasi kotibining oʻrinbosari Sergey Ordjonikidzening fikriga koʻra, AQShning amaldagi maʼmuriyati qurollarni cheklash boʻyicha barcha xalqaro shartnomalarni bekor qilish boʻyicha ish olib bormoqda".

Uning fikricha, AQSH rahbariyati xalqaro xavfsizlik nuqtai nazaridan katta xatoga yoʻl qoʻymoqda.

"Bunday qadam yangi qurol poygasining boʻsagʻasi boʻladi", - dedi mutaxassis "Izvestiya" gazetasi bilan suhbatda.

Uning taʼkidlashicha, DON SNV-3 shartnomasi bilan chambarchas bogʻliq, uning muddati 2021 yil fevralda tugaydi va hozirda uning muddatini uzaytirish masalasi shubha ostida qolmoqda.

Ochiq osmon shartnomasi

Ochiq osmon boʻyicha shartnoma 1992 yilda imzolangan va sovuq urushdan keyin Yevropada ishonchni mustahkamlash choralaridan biri boʻlgan. Bitimni 34 davlat imzolagan.

Shartnoma 2002 yildan beri amal qilib keladi va ishtirokchi davlatlarga bir-birining qurolli kuchlari va oʻtkazayotgan tadbirlari toʻgʻrisida ochiq maʼlumotlarni toʻplash imkoniyatini beradi.

Asosiy mavzular