10:48 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
121 0 0

Xitoy YAIMining oʻsishi surʼati 6,1 foizni tashkil etdi, bu soʻnggi 30 yildagi eng yomon koʻrsatkich. Shu sabab hukumat hududlardan kamxarajatli boʻlishni talab qilmoqda.

TOSHKENT, 22 may - Sputnik. Xitoy hukumatining joriy  hisobotida aytilishicha, Xitoyning barcha darajalaridagi hukumatlar COVID-19 epidemiyasi natijasida YAIMning pasayishi sababli byudjet xarajatlarida harajatlarni qisqartirishi kerak. RIA Novosti xabariga asosan.

"Barcha darajadagi hukumatlar haqiqatan ham harajatlarni qisqartiri kerak. Markaziy hukumat byudjet xarajatlarining salbiy oʻsishi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi, zarur boʻlmagan va majburiy boʻlmagan moddalarga sarflarni 50% ga kamaytiradi", - deyiladi XHR Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan tomonidan mamlakatning Qonunchilik majlisi ochilishi marosimida oʻqilgan hisobotda.

2019 yil yakunlariga koʻra, Xitoyning YAIMning oʻsish surʼati 6,1 foizni tashkil etdi, bu soʻnggi 30 yildagi eng yomon koʻrsatkich boʻldi, ammo bu hukumatning 6-6,5 foizga oʻsish darajasi rasmiy prognoziga toʻgʻri keldi. Oʻtgan yil uchun mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 99,08 trillion yuanni (14,4 trillion dollar) tashkil etdi. Shu bilan birga, Xitoy jahon ikkinchi iqtisodiyoti maqomini saqlab qoldi.

2020 yilning birinchi choragida, COVID-19 pandemiyasi tufayli, iqtisodiyot salbiy oʻsishni koʻrsatdi, mamlakatning YAIMi 1976 yilgi madaniy inqilobdan beri birinchi marta yillik hisobda 6,8 foizga pasaydi.

 

Asosiy mavzular