12:09 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
169323

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakatda kasalliklar soni koʻpayishining asosiy sababini aytdi.

TOSHKENT, 22 may — Sputnik. Tojikiston yetakchisi Emomali Rahmon kuni kecha sogʻliqni saqlash tizimi vakillari bilan uchrashuvda nutq soʻzlab, mamlakatda koronavirus bilan kurashish uchun koʻrilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarga toʻxtaldi. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

Rahmon vazirlik va idoralarga koronavirusga qarshi kurash choralarini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Uning fikriga koʻra, respublika aholisining sogʻligʻiga ortiqcha vazn salbiy taʼsir koʻrsatayotganini taʼkidladi.

"Ortiqcha vazn keyinchalik diabet va qon tomir kabi kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin", - dedi Rahmon.

Prezident koronavirus bilan kasallanish kam boʻlgan hududlarda odamlar harakatchan, dalada ishlashi, ortiqcha vazndan aziyat chekmasligi, yaxshi immunitetga ega ekanligiga eʼtibor qaratish zarur, deb taʼkidladi.

Rahmon sogʻlom ovqatlanish uchun yil boʻyi meva va sabzavotlar borligini eslatdi.

Shuningdek, prezident nafaqat koronavirusga chalingan bemorlar tibbiy yordamga muhtojligi, xavf ostida boʻlganlarga ham eʼtibor berish zarurligini alohida taʼkidladi.

"Koronavirus bilan ogʻrigan bemorlardan tashqari, tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan boshqa odamlar ham borligini unutmasligimiz kerak: diabet, yurak xastaliklari bilan ogʻriganlar", - dedi davlat rahbari.

Eslatib oʻtamiz, Tojikistonda 30 aprelda ilk koronavirus holati aniqlangan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, respublikada kasallik aniqlangan bemorlar soni 2350 taga yetdi, 44 kishi vafot etdi.

Asosiy mavzular