09:59 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
257 0 0

Ijtimoiy tarmoqda hamma gapni aytsa boʻladimi? Rossiya huquqni saqlash organlari Tarmoqda feyk xabar tarqatuvchilarni jinoiy javobgarlikka torta boshladi.

Moskvalik 38 yoshli tadbirkor ayol ustidan yaqinda jinoyat ishi ochiladi. Uni insonparvarlik yordami sifatida olib kelingan niqoblar sotuvga chiqarilgani haqida yolgʻon xabar tarqatishda ayblashmoqda.

Bir vaqtning oʻzija Saxalinda “Bangkok — Shanxay — Yujno-Saxalinsk” parvozi davomida yoʻlovchilarga shaxsiy himoya vositalari tarqatilmagani haqida yolgʻon xabar tarqatgan fuqaroga  300 ming rubl jarima solingani haqida xabar qilindi. Aslida esa aviakompaniya kompanya yoʻlovchilarga parvoz oldidan toʻliq himoya kostyumi va yoʻriqnoma bergani maʼlum boʻldi.

Primorsk oʻlkasining yana bir fuqarosi mahalliy shifoxonada COVID-19 bilan kasallanganlar borligi haqida yolgʻon xabar tarqatgani uchun 15 rubl jarimaga tartildi. Ayol aytishiga qaraganda bu ishni u oʻz farzandini himoya qilish maqsadida qilgan.

Yolgʻon, vahima va tuhmat xabarlar tarqatish insoniyatga doimo xos boʻlgan. Lekin oxirgi vaqtlarda kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi bilan feyk xabarlar tarqalishi va ularga qarshi kurash – hukumatlar uchun alohida muhim vazifaga aylandi.  

Yolgʻon xabar jamiyat va davlat xavfsizligiga xavf solishi – sir emas. Lekin oldinlari Rossiya hukumati bunday holatlarga panja ortidan qarar edi. Faqatgina eng ogʻir, favqulodda va muhim vaziyatlarda aralashar edi.

Oshxonada oʻzaro aytilgan har bir yolgʻon gapga qarshi huquqin saqlash organlarini ishlatish ham oʻzini oqlamaydi albatta. Qolaversa, bunday tajriba jamiyatda aygʻoqchilik kabi noxush holatlar ham keltirib chiqarishi va muammoni yanada chuqurlashtirishi tabiiy.

Internet hamma narsani oʻzgartirib yubordi. Yolgʻon xabarlarning jamoatchilik uchun xavfini keskin oshirib yubordi, chunki axborot tarqalish tezligi qamrovi keskin kattalashib ketdi. Ustiga ustak, tarmoqning anonimlik xususiyati ham yolgʻon maʼlumot tarqatuvchilarga qoʻl keldi.

Shunga qaramasdan, internetda hamma narsa mumkin, degan ishonch uzoqqa choʻzilmadi. Davlat yana bir bor oʻzining yangi sharoitlarga moslashuvchanligini va vaziyatni nazorat ostiga olishga qodir ekanini koʻrsatib qoʻydi. Axborot texnologiyalari huquqni saqlash organlariga ham xizmat qila boshladi va insoniyat yana bir bor har bir soʻzni oʻylab aytish kerakligi va aytgan gapi uchun javob berishi kerakligiga amin boʻlmoqda.  

Yovuz niyat emas axmoqona shuhratparastlik

Ushbu yoʻlda huquqni saqlash organlariga nafaqat axborot texnologiyalari balkim qoidabuzarlarning oʻzlari, aniqrogʻi ularning maqtanchogʻligi ham yordam bermoqda.

Internet tarmogʻi oʻz-oʻzini ifodalash uchun ulkan imkoniyatlar yaratib bermoqda. Aksariyat hollarda bu “15 minutlik shuhrat” koʻrinishida boʻlsa ham, koʻpchillik ushbu imkoniyatdan oʻzlari haqida keng ommaga jar solish uchun foydalanib qolishga shoshilmoqda.

Baʼzilar bu ishni amalga oshirish uchun hatto feyk xabarlar oʻylab topish yoki birovning yolgʻon xabarini faol tarqatishdan ham toymaydi. Baʼzan shu “15 minutlik shuhrat” evazigan qamoq kursisiga kelib qolishini anglamayotgan fuqarolar qanchalik koʻpligidan hayron qoladi kishi. Nahotki ular birov oʻylab topgan yolgʻonni tarqatish bilan nomaʼlum shaxslarnig oʻyinchogʻiga aylanib qolayotganini tushunmaydi? Bundaylarda shuhratparastlik barchasidan, jumladan mantiqdan ham ustun boʻlsa kerak.

Feyk xabarlar tarqatuvchilarni koʻpincha davlatga yoki jamiyatga qarshi faoliyat yuritishda, yomon niyatlarda ayblashadi. Aslida esa ular faqat oʻzlariga diqqat talab qilayotgan kishilar boʻlib chiqadi.

Ushbu sohada davlat olib borayotgan siyosati jamiyatda nafaqat oʻz soʻzlariga nisbatan javobgarlik burchini oshirishi, balkim Internetda paydo boʻlgan yana bir ibora “Soʻzlar ham ish kabi muhim” degan tushunchaning ijobiy tomonini koʻrsata boshlaydi. Xususan koronavirus epidemiyasi vaqtida ijtimoiy tarmoqda paydo boʻlgan, shifokorlarga belgilangan toʻlovlar toʻlanmayotgani xaqidagi xabar – Tergov qoʻmitasining ommaviy tekshiruvlar oʻtkazishiga olib keldi.

Yuqorida keltirilgan feyk xabarlar va ularning mualliflari esa yana bir bor anʼanaviy dars olishdi – oflayn (real) dunyoda har bir soʻz uchun javob berishga toʻgʻri keladi.

Asosiy mavzular