12:52 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
297 0 0

Rossiya AQShning ochiq osmon boʻyicha shartnomadan chiqishini baʼzi texnik muammolar mavjudligi bilan oqlashga qaratilgan har qanday urinishlarini rad etadi.

TOSHKENT, 21 may - Sputnik. Rossiya AQShning ochiq osmon boʻyicha shartnomadan chiqishini baʼzi texnik muammolar mavjudligi bilan oqlashga qaratilgan har qanday urinishlarini rad etadi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Aleksandr Grushko RIA Novosti agentligiga.

Payshanba kuni kechqurun maʼlum boʻlishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp shartnomadan chiqib ketishini eʼlon qildi, chunki Rossiya unga rioya qilmadi. U "yangi kelishuv"ga erishish uchun "juda yaxshi imkoniyat" borligini gapirdi.

"Biz ushbu fundamental kelishuvdan chiqishni baʼzi texnik muammolar mavjudligi bilan oqlash uchun har qanday urinishlarni rad etamiz. Harbiy xavfsizlik sohasidagi har qanday shartnoma, qoida boʻyicha, juda murakkab mujassamlik. Agar siyosiy iroda boʻlsa (va ular siyosiy iroda mavjud boʻldagina imzolanadi) barcha muammolar hamkorlik asosida, manfaatlar muvozanati asosida va tegishli rejimlarning hayotiyligini taʼminlash zaruriyati hisobga olingan holda hal qilinadi", - dedi Aleksandr Grushko.

Diplomat texnik masalalarni muhokama qilishni davom ettirish uchun hech qanday toʻsiqlar yoʻqligini va buning uchun tomonlar kelishuvdan chiqishlari shart emasligini taʼkidladi.

"Ammo, agar shartnomadan chiqilsa, unda texnik muammolarga hech qanday yechim boʻlmaydi, shuningdek 20 yildan ortiq vaqt davomida Yevropada tinchlik va xavfsizlikni saqlash manfaatlariga xizmat qilgan va barcha elementlar bir-biriga bogʻliq boʻlgan harbiy xavfsizlik tizimining ajralmas qismi boʻlgan vositaning oʻzi ham boʻlmaydi", - deya qoʻshimcha qildi RF tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

Aleksandr Grushko, shuningdek, Rossiya tomonidan shartnomani hech qanday buzilishlari yoʻqligini taʼkidlab, Moskvaning "shartnomani AQShning oʻzi tomonidan bajarilishiga nisbatan jiddiy daʼvolari borligini" taʼkidladi.

Firmennыy magazin Apple na 5-y avenyu v Nyu-Yorke.
© Sputnik / Natalya Seliverstova

Uning soʻzlariga koʻra, bu jihatlar juda murakkab texnik masalalar boʻlib, maxsus tuzilgan organ - shartnomaning ishlashiga baxo beruvchi, uni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha ish olib boradigan va kuzatuv parvozlari paytida tomonlar duch kelishi mumkin boʻlgan barcha masalalarni koʻrib chiqadigan komissiya doirasida hal qilinishi kerak.

Tashqi ishlar vazirligi vakili Ochiq osmon shartnomasi Yevropada 20 yildan koʻproq vaqt davomida tinchlik va xavfsizlikni saqlab kelgan va "barcha elementlar bir-biriga bogʻlangan harbiy xavfsizlik tizimining ajralmas qismi boʻlgan", deb taʼkidladi.

Ochiq osmon boʻyicha shartnoma 1992 yilda imzolangan va sovuq urushdan keyin Yevropada ishonchni mustahkamlash choralaridan biri boʻldi. Shartnoma 2002 yildan beri amal qilmoqda va ishtirokchi davlatlarga bir-birining qurolli kuchlari va faoliyati toʻgʻrisida ochiq maʼlumotlarni toʻplash imkoniyatini beradi. Shartnomani 34 ta davlat imzolagan.

Avvalroq, harbiy mutahassis Aleksandr Jilin Sputnik radiosi efirida Vashington nega ongli ravishda xalqaro xavfsizlik soxasini muvozanatsizlantirayotganini aytdi.

Asosiy mavzular